Kontent qismiga oʻtish

Profayling

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2024-yil 14-may, 08:46 dagi Kenjayev Jaloliddin (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Profayling (inglizcha: profile — „profil“) — shaxsni tashqi koʻrinishi, noverbal va verbal xulqidagi eng koʻp axborot beruvchi maxsus belgilari, xususiyatlarini tahlil qilish asosida inson xulqini baholash va prognozlashga qaratilgan psixologik usul va metodikalar majmuini bildiruvchi tushuncha.

Profayl metodi asoschilari psixolog olimlar Paul Ekman, V. Frizen, M. Sukerman vaB. De Paulo hisoblanadi. 2012-yilda esa Y. Spiritsa tomonidan yolgʻonni tadqiq qilish boʻyicha Xalqaro akademiyada kriminal profayling usuli taqdim etildi. Uning fikricha: kriminal profayling — jinoyatchi deb taxmin qilinayotgan shaxs xususiyatlarini tashxislovchi kompleks usullar yordamida uning psixologik profilini tuzish tushuniladi.

Profayling — bu shaxsning psixologik qiyofasini tuzishdir. 1888-yilda psixologik portret tuzishga uringanlardan biri britaniyalik jarroh Thomas Bond (u bu usulni chavaqlovchi Jack shaxsiga nisbatan qoʻllagan) hisoblanadi.[1]

Soʻngi vaqtlarda, ayniqsa havo transportida, profayl-metod yoki profayling iborasi keng tarqaldi. Ushbu profayling metodi tajribasi Isroil, AQSH, Rossiya kabi davlatlarda bir necha yillardan beri takomillashib kelayapti. Profayling metodi ikkita bir-birini toʻldiruvchi metoddan, yaʼni psixologik kuzatish va soʻrov (suhbat) metodidan tashkil topgan.

Profayling oʻzining tarkibiga — tezkor psixodiagnostika, emotsiyalarni tahlil qilish, manipulyativ texnikalar, gipnotexnologiya, soʻzamonlik, grafologiya, yuz ifodalari tahlili, mushaklar faoliyatini tahlil qilish va ijtimoiy psixologiyani qabul qiladi.

  1. Skinner, Keith; Evans, Stewart. The Ultimate Jack the Ripper Sourcebook. Little, Brown Book Group, 2013. ISBN 9781472107855.