Kontent qismiga oʻtish

Falastindagi Britaniya mandati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Falastindagi Britaniya mandati
inglizcha: Mandatory Palestine
arabcha: فلسطين
ivritcha: פלשתינה (א"י)


1920-yil — 1948-yil



 

 

Bayroq Gerb[1]
Poytaxti Quddus (Iyerusalim)
Til(lar)i inglizcha, arabcha, ivritcha
Pul birligi Falastin funti
Maydoni 26 626 km²
Aholisi 1 764 520 kishi (1945)
Boshqaruv shakli Millatlar ligasi mandati
Oliy komissar
 - 1920 — 1925 Herbert Samuel
 - 1925 — 1928 Herbert Plumer
 - 1945 — 1948 Alan Cunningham
Tarix
 - 25-aprel 1920-yil Mandat belgilanishi
 - 29-sentyabr 1923-yil Britaniya rasman nazoratni o‘z qo‘liga olgan
 - 25-may 1946-yil Transiordaniya mustaqilligi
 - 14-may 1948-yil Isroil mustaqilligi

Falastindagi Britaniya mandati[lower-alpha 1][2] (inglizcha: Palestine; arabcha: فلسطين‎ Filastin; ivritcha: פלשתינה (א"י)‎) – Birinchi jahon urushi natijasida tarixiy Falastin hududida tashkil etilgan va 1922—1948-yillarda Millatlar ligasi mandati doirasida Buyuk Britaniya boshqaruvi ostida boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik. Hozirgi Isroil davlati hududidan tashqari, mandat Iordaniya, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili va Gʻazo sektori hududlarini ham oʻz ichiga olgan. 1916-yilda Birinchi jahon urushi davrida arablarning Usmonli imperiyasiga qarshi qoʻzgʻoloni vaqtida Britaniyaning harbiy kuchlari Usmonli imperiyasi qoʻshinlarini Levant hududidan quvib chiqargan. Shuningdek, 1917-yilda imzolangan Balfour deklaratsiyasiga koʻra[3], Britaniya Falastinda yahudiylar uchun „milliy davlat“ tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlashga vaʼda bergan edi. 1922-yilda Buyuk Britaniya Millatlar ligasidan Falastin ustidan mandat olgan[4]. Mandat davrida bu hududdagi yahudiylarning ketma-ket immigratsiya qilish holatlari, shuningdek, yahudiylar hamda arablar oʻrtasida millatchilik harakatlarining rivojlanishi kuzatigan. Ikki aholining oʻzaro qarama-qarshiliklari oqibatida, 1936–1939-yillardagi Falastindagi Arab qo‘zg‘oloni[en] va 1944–1948-yillardagi Britaniya mandatidagi Falastinga yahudiylar isyoni sodir boʻlgan[5]. 1946-yilda Mandat tarkibida avtonom tuzilma sifatida boshqarib kelingan Transiordaniya amirligi mustaqillikka erishgan[6]. 1947-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan Falastin hududini boʻlish rejasi qabul qilingan[7][8][9]. Mazkur reja mandatning tugashini va tarixiy Falastinning qolgan hududida arab hamda yahudiy davlatlarini tashkil etilishini nazarda tutgan. Isroil davlatining tashkil etilishi 1948-yil 14-may kuni[10][11], mandatning amal qilish muddati tugashidan bir necha soat avval eʼlon qilingan[12]. Falastin davlati esa, mandat ortidan boshlangan Arab-Isroil urushining ikkinchi bosqichi (1947—1949) sababli tashkil etilmay qolgan[13].

Britaniya mandati ostidagi Falastin ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanganligi sababli „A toifali mandat“ deb belgilangan edi. Ushbu tasnif urushdan keyingi oʻzini oʻzi boshqarish qobiliyati eng yuqori boʻlgan mandatlar uchun moʻljallangan[14]. Britaniya mandati ostidagi Falastindan tashqari barcha „A toifali mandatlar“ 1946-yilga kelib mustaqillikka erishgan[15].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandat hududiga „Falastin“ deb nom berilgan, bu nom mahalliy arablar va Usmonli davlati uchun[16][17][18][19], shuningdek, Yevropa anʼanalariga muvofiq edi[lower-alpha 2]. Mandat nizomida Falastindagi Britaniya mandati hududida uchta rasmiy til boʻlishi belgilangan: ingliz tili, arab tili va ibroniy tili.

1926-yilda Britaniya maʼmurlari rasmiy ravishda inglizcha nomga mos keladigan anʼanaviy arabcha nomni va uning ibroniycha transkripsiyasini, yaʼni Filastīn (فلسطين) va Palēstīnā (פּלשׂתינה) ni ishlatishga qaror qilishgan. Yahudiy rahbariyati esa ibroniycha nom ʾĒrēts Yiśrāʾel (ארץ ישׂראל, Isroil yeri) boʻlishi kerakligini taklif qilishgan. Yakuniy kelishuvga koʻra, ibroniycha taklif qilingan nomning bosh harflari – Alef-Yod (א״י) – Palēstīnā nomidan keyin qavs ichida, agar mandatning nomi rasmiy hujjatlarda ibroniy tilida tilga olinsagina, qoʻshib yoziladigan boʻlgan[21][22]. Arab rahbariyati bu kelishuvni mandat shartlarini buzish deb baholagan. Baʼzi arab siyosatchilari arabcha nom sifatida Janubiy Suriya (سوريا الجنوبية) nomini taklif qilishgan. Ammo Britaniya maʼmurlari bu taklifni rad etgan. Millatlar Ligasi doimiy Mandatlar komissiyasining toʻqqizinchi sessiyasi bayonnomasiga koʻra:

Polkovnik Symes fikricha, Yevropaliklar mamlakatni „Palestine“ deb, arablar esa „Falestin“ (فلسطين) deb atashgan. Ibroniy tilida mamlakatning nomi „Isroil yeri“ deb koʻrsatilgan, va hukumat yahudiylar istagini qondirish uchun rasmiy hujjatlarda ibroniycha „Palestine“ nomidan keyin ushbu atamani ifodalovchi soʻzning bosh harflarni kiritishga rozi boʻlgan. Bunga javoban, ayrim arab siyosatchilari mamlakatni „Janubiy Suriya“ deb atashni taklif qilib, uning boshqa arab davlati bilan yaqin aloqasi borligini koʻrsatmoqchi boʻlishgan[23].

1920-yillarda Yaffadagi falastinliklar

Britaniyaliklar kelganidan soʻng, arab aholisi yirik shaharlarda musulmon-xristian uyushmalarini tashkil eta boshladilar[24]. 1919-yilda ular Quddusda birinchi Falastin Arab Kongressini oʻtkazish uchun birlashdilar[25]. Ushbu kongress asosan vakillik hukumatini talab qilish va Balfour deklaratsiyasiga qarshilik koʻrsatishga qaratilgan edi[26]. Shu bilan bir vaqtda, 1918-yil mart oyida Sionistik komissiya tashkil etilib, ular tomonidan Falastinda sionistik maqsadlarni faol tarzda ilgari surish ishlari boshlab yuborilgan. 1920-yil 19-aprelda Falastin yahudiy jamoasining Vakillar Kengashi uchun saylovlar boʻlib oʻtgan[27].

1920-yil mart oyida arablar tomonidan Tel Hai yahudiy qishlogʻiga hujum qilingan. Aprel oyida Quddusda yahudiylarga qarshi yana bir hujum sodir etilgan.

1920-yil iyul oyida Britaniya harbiy boshqaruvi oʻrniga Oliy komissar boshchiligidagi Britaniya fuqarolik maʼmuriyati tashkil qilingan[28]. Birinchi Oliy komissar, sionist va yaqinda Britaniya vazirlar mahkamasi aʼzosi etib tayinlangan ser Herbert Samuel, 1920-yil 20-iyunda Falastinga yetib keladi va 1-iyuldan oʻz vazifasini bajarishga kirishadi. Samuel oʻz shtab-kvartirasi va rasmiy qarorgohini Quddusning shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan, 1910-yillarda nemislar tomonidan qurilgan Avgusta Viktoriya shifoxonasi majmuasining bir qismida tashkil etgan[29].

1927-yilda zilziladan zarar koʻrgan bu bino 1933-yilgacha Britaniya Oliy komissarlari shtab-kvartirasi va rasmiy qarorgohi sifatida foydalanib kelingan[29]. 1933-yilda Quddusning janubi-sharqiy chekkasida yangi, maxsus qurilgan shtab-kvartira va rasmiy qarorgoh foydalanishga topshirilgan[29]. Yahudiy aholisi bu binoni Armon HaNetziv deb atashgan. Jabel Mukabber togʻ tizmasida, Evil Counsel tepaligida joylashgan ushbu bino 1948-yilda Britaniya hukmronligi tugaguniga qadar Oliy komissarlarning shtab-kvartirasi va rasmiy qarorgohi vazifasini oʻtagan[29].

Quddusning Britaniya boshqaruviga rasman oʻtkazilish marosimi, bunda „mahalliy ruhoniy“ Dovud minorasi zinalarida turib eʼlonni oʻqib bergan.
Ser Herbert Samuelning tashrifi. Chapdan oʻngga: T. E. Lawrence, Emir Abdullah, Havo marshali ser Geoffrey Salmond, ser Wyndham Deedes va boshqalar
1929-yilda Rawdat el-Maʼarif zalida oʻtkazilgan arab „norozilik yigʻini“ sessiyasi. Chapdan oʻngga: nomaʼlum shaxs – Amin al-Husayniy – Muso al-Husayniy – Rog‘ib an-Nashoshibiy – nomaʼlum shaxs

Yangi tashkil etilgan fuqarolik maʼmuriyatining dastlabki harakatlaridan biri, mandat hukumatidan asosiy iqtisodiy resurslar boʻyicha imtiyozlar berishni talab qilish boʻlgan. 1921-yilda hukumat yahudiy tadbirkori Pinxas Rutenbergga elektr energiyani ishlab chiqarish va taqsimlash boʻyicha imtiyozlar taqdim etgan. Tez orada Rutenberg aksiyadorlarining asosiy qismi sionistik tashkilotlar, investorlar va xayriyachilar boʻlgan elektr kompaniyasini tashkil etgan. Falastinlik arablar buni Britaniya sionizmni qoʻllab-quvvatlash niyatida tashkil qilinganligining dalili sifatida koʻradilar. Britaniya maʼmuriyati esa, elektrlashtirish butun mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini yaxshilashi va shu bilan birga siyosiy emas, iqtisodiy yoʻl orqali Yahudiy milliy uyini barpo eta olishini taʼkidlagan[30].

1921-yil may oyida raqobatdosh yahudiy soʻl qanot namoyishchilari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar va keyinchalik arablarning yahudiylarga hujumlari oqibatida, Yaffada yuz bergan tartibsizliklarda qariyb 100 kishi halok boʻldi.

Oliy komissar Samuel mandat talablari boʻyicha Falastinda oʻzini oʻzi boshqaruvchi institutlar tashkil etishga harakat qilgan, ammo arab yetakchilari yahudiylar ishlaydigan har qanday institut bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadilar[31]. 1921-yil mart oyida Quddusning Bosh muftiysi Komil al-Husayniy vafot etgach, Oliy komissar Samuel uning oʻgay ukasi Muhammad Amin al-Husayniyni ushbu lavozimga tayinlaydi. Amin al-Husayniy Quddusning al-Husayniy oilasiga mansub boʻlib, arab millatchisi va musulmonlar yetakchisi edi[32][33].

Al-Husayniy, Bosh muftiy sifatida, shuningdek, ushbu davrda egallab turgan boshqa taʼsirli lavozimlar asnosida sionizmga qarshi shafqatsiz kechgan kurashlarda hal qiluvchi rol oʻynagan. 1922-yilda al-Husayniy Samuel tomonidan 1921-yil dekabr oyida tashkil etilgan Oliy musulmonlar kengashining prezidenti etib saylangan. Ushbu kengash har yili oʻn minglab funt sterlingga teng boʻlgan vaqf mablagʻlari va taxminan 50 000 funt sterling miqdoridagi yetimlar uchun ajratilgan fondni boshqarar edi[34]. Yillik byudjeti 600 000 funtga teng boʻlgan yahudiy agentligi bilan taqqoslaganda bu miqdor ancha kam edi[35].

Bundan tashqari, al-Husayniy Falastindagi Islomiy sudlarni boshqargan. Ushbu sudlar oʻqituvchilar va voizlarni tayinlash kabi vazifalarni bajarish vakolatiga ega boʻlgan.

1922-yilda qabul qilingan Falastin Nizomi ga koʻra[36], qonunchilik kengashi tashkil etilib[37], u 23 aʼzodan iborat boʻlishi belgilangan. Shulardan 12 kishi saylov orqali, 10 kishi ichki tayinlash yoʻli bilan saylangan. Yigirma uchinchi aʼzo esa Oliy komissar boʻlgan[38]. 12 ta saylangan aʼzodan sakkiz nafari musulmon arablar, ikki nafari nasroniy arablar va ikki nafari yahudiylar boʻlishi kerak edi. Arablar aholining 88 foizini tashkil etishiga qaramay, faqat 43 foiz oʻrin ajratilganligi adolatsiz deya hisoblab, bunga norozilik bildirilgan[38]. 1923-yil fevral va mart oylarida saylovlar oʻtkazilgan, ammo arablarning boykot qilishi sababli natijalar bekor qilingan va 12 kishidan tashkil topgan Maslahat kengashi tuzilgan[37].

1923-yilda Avstriyaning Vena shahrida oʻtkazilgan yahudiy ayollarning Birinchi Jahon Kongressida quyidagicha qaror qabul qilingan: „Shunday qilib, barcha yahudiylarning burchi Falastinning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga hissa qoʻshish va yahudiylarning ushbu mamlakatga joylashishiga koʻmaklashishdir“[39].

1923-yil oktyabr oyida Britaniya Millatlar Ligasiga 1920–1922-yillar, yaʼni mandat boshlanishidan oldingi davrni qamrab olgan Falastin boshqaruvi boʻyicha hisobot taqdim etgan[40]. 1929-yil avgust oyida sodir boʻlgan tartibsizliklar natijasida 250 kishi halok boʻlgan.

1930-yil: Arablar qoʻzgʻoloni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yilda Shayx Izz ad-Din al-Qassam Fransiya tomonidan boshqarilgan Suriya va Livan mandatining bir qismi boʻlgan Suriya hududidan Falastinga keldi hamda Black Hand (Qora qoʻl) deb nomlangan, sionizmga va Britaniya hukmronligiga qarshi harbiy tashkilotni tuzdi. U dehqonlarni pulga yollab, ular uchun harbiy tayyorgarlik tashkil etardi, 1935-yilga kelib 200 tadan 800 tagacha odamni oʻz safiga qoʻshib olishga erishdi[41]. Bu tashkilot portlovchi moddalar va oʻqotar qurollardan foydalanib, sionistik koʻchmanchilarga hujumlar uyushtirgan, koʻchmanchilarning bogʻlari va Britaniyaliklar tomonidan qurilgan temir yoʻl liniyalarini buzib tashlagan[41].

Arablar qoʻzgʻoloni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Britaniyaga qarshi arablar qoʻzgʻoloni

1935-yil 20-noyabrda al-Qassamning oʻldirilishi arablar oʻrtasida keng qamrovli noroziliklarni keltirib chiqardi. Qassamning jasadi Hayfaga dafn etilganda, katta olomon uni qabrgacha kuzatib borgan. Bir necha oy oʻtgach yaʼni 1936-yil aprel oyida Arab Oliy qoʻmitasi tomonidan Amin al-Husayniy boshchiligida Arab milliy umumiy ish tashlashi yuz bergan[42]. Ushbu ish tashlash 1936-yil oktyabr oyigacha davom etgan[43].

Yoz oyida yahudiylarga tegishli minglab gektar dehqonchilik uchun ajratilgan yerlar va bogʻlar vayron qilingan. Yahudiylarga hujumlar uyushtirilib, ularning koʻpchiligi oʻldiriladi. Baʼzi yahudiy jamoalari, masalan, Baysan (Bet-Sheʼan) va Akko kabi hududlardagi jamoalar xavfsizroq joylarga koʻchishga majbur boʻladilar[44].

Arab qoʻzgʻolonining ilk bosqichlarida Falastin arablarining al-Husayniy va Nashashibiy oilalari oʻrtasidagi raqobat kuchli boʻladi. Amin al-Husayniy buyrugʻiga asosan amalga oshirilgan bir nechta suiqasd harakatlaridan soʻng, Ragʻib Nashashibiy Misrga qochishga majbur boʻlgan.

Peel komissiyasi tavsiyalari arablar tomonidan rad etilganidan soʻng, 1937-yil kuzida qoʻzgʻolon yana qayta boshlangan. Keyingi 18 oy ichida britanlar Nablus va Xalil (Hebron) shaharlari nazoratini qoʻldan boy berishgan. Britaniya kuchlari 6 000 ta qurollangan yahudiy yordamchi politsiyachilar bilan hujumga oʻtib, zoʻravonliklar va tartibsizliklarni kuch bilan bostirishgan[45].

Britaniyalik ofitser Charlz Orde Wingate (diniy sabablarga koʻra, sionistik tiklanishni qoʻllab-quvvatlagan[46]) boshchiligidagi ingliz askarlari va Yigal Alon kabi yahudiy koʻngillilaridan iborat maxsus tungi otryadlar tashkil etilgan[47][48]. Irgun deb nomlangan yahudiy militsiyasi ham arab fuqarolariga qarshi „javob choralari“ sifatida zoʻravonlik harakatlarini amalga oshirgan[49], ular bozorlar va avtobuslarga hujum uyushtirgan[50].

1939-yil mart oyida qoʻzgʻolon tugagunga qadar 5 000 dan ortiq arablar[51], 400 ta yahudiy va 200 ta britaniyalik jangchilar halok boʻlgan, kamida 15 000 ta arab jangchilari jarohat olishgan[52]. 1936-yildan 1945-yilgacha yahudiy agentligi bilan xavfsizlik boʻyicha hamkorlik kelishuvlarini oʻrnatgan holda, inglizlar arablarga tegishli 13 200 ta oʻqotar qurol va yahudiylarning 521 ta qurolini musodara qilishgan[53].

Arablar tomonidan yahudiylarga qarshi hujumlar uch jabhada muhim taʼsir oʻtkazgan. Birinchidan, bu yahudiy militsiyalarining, asosan, 1948-yilda hal qiluvchi rol oʻynagan Haganahning shakllanishi va rivojlanishiga olib kelgan[54]. Ikkinchidan, ikki jamoaning bitim tuzishi imkonsiz ekani ayon boʻlgan va bu boʻlinish gʻoyasining tugʻilishiga sabab boʻlgan. Uchinchidan, Britaniya arablarning qarshiligiga javoban 1939-yilda White paper (Oq qogʻoz) siyosatini eʼlon qilgan. Unga koʻra, yahudiylarning yer sotib olishi va immigratsiyasi keskin cheklangan. Ammo Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, hatto kamaytirilgan immigratsiya kvotasi ham toʻliq amalga oshirilmagan. Shu bilan birga, White paper siyosati yahudiylar qatlamlarini radikallashtirgan va urushdan soʻng ular Britaniya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganlar[55].

Ikkinchi jahon urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandatning bekor qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1948-yilda Britaniya qoʻshinlari Hayfani tark etmoqda.

1946-yilda Buyuk Britaniya Transiordaniya amirligining, Transiordaniya Hoshimiylar qirolligi sifatida mustaqilligini eʼlon qilganda[56], Millatlar Ligasining soʻnggi Assambleyasi va BMT Bosh Assambleyasi bu xabarni maʼqullovchi qarorlarni qabul qilgan[57]. Yahudiy Agentligi bu qarorga eʼtiroz bildirgan, chunki ular Transiordaniya Falastinning ajralmas qismi ekanligini va BMT Nizomining 80-moddasiga koʻra yahudiy xalqining ushbu hududga boʻlgan huquqlari kafolatlanganini taʼkidlaganlar[58].

Bosh Assambleyada Falastin masalasi boʻyicha olib borilgan muhokamalarda Transiordaniyaning ayrim hududlarini taklif etilgan Yahudiy davlati tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq boʻlishi haqida fikrlar bildirildi. 1947-yil 29-noyabrda 181(II)-rezolyutsiya qabul qilinishidan bir necha kun avval AQSh davlat kotibi Marshall Bosh qoʻmitada Yahudiy davlatining Negev va Qizil dengizga chiqish yoʻli, jumladan Aqaba portiga ega boʻlishi istagi haqida tez-tez eslatib oʻtilayotganini qayd etdi[59]. John Snetsingerning taʼkidlashicha, 1947-yil 19-noyabrda Chaim Weizmann AQSh Prezidenti Trumanga oldiga kelib, Negev va Aqaba portining Yahudiy davlati tarkibida boʻlishi zarurligini takidlagan[60]. Truman bu fikrni qoʻllab-quvvatlab, BMTdagi AQSh delegatsiyasiga telefon qilib, Weizmanning pozitsiyasini qoʻllashini aytgan[61]. Biroq, Transiordaniya memorandumi Transiordaniya amirligi hududlarida yahudiylarning oʻrnashishini taqiqlagan[62].

Birlashgan Millatlar Tashkilotining rezolyutsiyasi eʼlon qilinganidan soʻng, arab va yahudiy jamoalari oʻrtasida fuqarolar urushi boshlandi va urush natijasida Britaniya hukmronligi asta-sekin zaiflashib borgan. 1947-yil 16-dekabrda Falastin politsiyasi aholisining koʻp qismi yahudiylar boʻlgan Tel-Aviv shahri hududidan chiqib ketgan va huquq-tartibotni saqlash vazifalarini yahudiy politsiyasiga topshirgan[63]. Fuqarolar urushi avj olgan sari Britaniya harbiy kuchlari Falastindan asta-sekin chiqib keta boshlagan. Koʻplab hududlar urush zonalariga aylandi. Garchi Quddus arab qoʻshinlari tomonidan qamal qilinib, shiddatli jang maydoniga aylangan boʻlsa-da, Britaniya kuchlari Quddus va Hayfada oʻz mavqelarini mustahkam saqlab qoldilar. Britaniya, asosan, oʻz evakuatsiya yoʻllarini xavfsizlashtirish maqsadida harbiy holat eʼlon qilib, vaqt-vaqti bilan janglarga aralashdi va sulh oʻrnatishga urindi. Bu davrda Falastin politsiyasi deyarli faoliyat yuritmas edi va shu sababli ijtimoiy taʼminot, suv taʼminoti hamda pochta xizmatlari kabi davlat xizmatlari toʻxtatildi. 1948-yil mart oyida barcha Britaniya sudyalari Falastindan Buyuk Britaniyaga joʻnatildi[64]. 1948-yil aprel oyida inglizlar Hayfaning aksariyat qismidan chiqib ketishdi, biroq Britaniya qoʻshinlarini olib chiqish uchun port hududidagi anklavni oʻz qoʻlida saqlab qolishdi. Shuningdek, oʻz chekinishlarini himoya qilish maqsadida Hayfaga yaqin joylashgan RAF Ramat David aviabazasini ham nazoratda tutishdi. Ular shaharni tark etarkan, tartib-intizomni saqlash uchun koʻngilli politsiya kuchlarini qoldirib ketishdi. Tez orada Haganah Hayfa jangida shaharni egalladi. Bu gʻalabadan keyin Quddusdagi Britaniya kuchlari hech qanday mahalliy boshqaruvni nazorat qilish niyati yoʻqligini, lekin oʻz kuchlarini xavfsiz va tartibli ravishda olib chiqishga xalaqit beradigan harakatlarga yoʻl qoʻymasliklarini eʼlon qildi. Harbiy sudlar bunga aralashgan har qanday shaxsni jazolashi haqida ogohlantirgan[65][66][67]. Bu vaqtga kelib, Falastinning koʻp qismida Britaniya hukmronligi zaiflashgan, mamlakatning aksariyat qismi yahudiylar yoki arablar nazorati ostida oʻtgan. Ammo Britaniya Falastinni havo va dengiz orqali blokada qilishni davom ettirdi. Shunga qaramay, arab davlatlaridan kelgan koʻngillilar Falastin chegaralarini kesib oʻtib janglarda qatnashgan boʻlsa-da, Britaniya qoʻshni arab davlatlarining armiyalari muntazam Falastinga kirishiga ruxsat bermadi.

Britaniya Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 1948-yil 1-avgustdan kechiktirmay Falastindagi mandatini tugatish niyatida ekanini maʼlum qildi[68][69]. Biroq, 1948-yil boshida Buyuk Britaniya 15-may kuni Falastindagi mandatini yakunlashga qatʼiy qaror qilganini eʼlon qilgan. Bunga javoban AQSh Prezidenti Harry Truman 25-mart kuni BMT homiyligida boshqaruvni taklif qilib, tinch yoʻl bilan boʻlinish rejasini amalga oshirish hozircha imkonsiz ekanligini aytgan. U shunday degan edi: „Afsuski, boʻlinish rejasini hozirgi sharoitda tinch yoʻl bilan amalga oshirishning imkonsizligi ayon boʻldi… agar favqulodda choralar koʻrilmasa, Falastinda qonun va tartibni saqlay oladigan jamoat hokimiyati boʻlmaydi[70]. Muqaddas zaminda zoʻravonlik va qon toʻkilishi yuz beradi. Ushbu hudud aholisi oʻrtasida keng koʻlamli janglar muqarrar boʻladi.“ Britaniya parlamenti mandatni tugatish uchun zarur qonunni, Falastin toʻgʻrisida qonunni qabul qildi va ushbu qaror 1948-yil 29-aprelda qirollik tomonidan tasdiqlangan[71].

Eʼlon qilingan kuni Eliahu Epstein Harry Trumanga davlatning „Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1947-yil 29-noyabrdagi qarorida tasdiqlangan chegaralar doirasida“ eʼlon qilinganligi haqida xat yozgan.
1948-yil 1-yanvarda Tel-Avivda Yishuv bayrogʻi koʻtarildi.

1948-yil 14-mayga kelib, Falastinda faqat Hayfa hududida va Quddusda Britaniya kuchlari qolgan edi. Xuddi shu kuni Quddusdagi ingliz garnizoni chekindi va soʻnggi Oliy komissar general ser Alan Cunningham shaharni tark etib, dengiz orqali mamlakatdan chiqib ketish uchun Hayfaga yoʻl oldi. Boʻlgʻusi Bosh vazir David Ben-Gurion boshchiligidagi yahudiy rahbariyati Eretz-Isroilda Isroil davlati deb nomlanuvchi yahudiy davlatining tashkil etilishini eʼlon qildi[72]. Bu eʼlon 1948-yil 14-may kuni tushdan keyin (yahudiy taqvimida 5708-yil 5-iyar) amalga oshirildi va yarim tunda Mandat tugashi bilan bir vaqtda kuchga kirishi belgilandi[73][74][75]. Shuningdek, 14-may kuni Isroilning Muvaqqat hukumati AQSh hukumatidan boʻlinish rejasi doirasida belgilangan chegaralar asosida davlatni tan olishni soʻradi[76]. AQSh darhol javob berib, Isroilning Muvaqqat hukumatini „de-fakto hokimiyat“ sifatida tan oldi[77].

1948-yil 14-maydan 15-mayga oʻtar kechasi Falastin mandati rasman tugatildi va Isroil Davlati tashkil topdi. Falastin hukumati rasmiy faoliyatini toʻxtatdi, Hayfadan chekinayotgan Britaniya kuchlarining maqomi „xorijiy hududning bosib oluvchi kuchlari“ga oʻzgardi. Falastin politsiya kuchlari rasmiy ravishda tarqatib yuborildi va qolgan xodimlar Britaniya harbiy kuchlari bilan birga evakuatsiya qilindi. Britaniya tomonidan Falastin ustidan oʻrnatilgan dengiz va havo blokadasi bekor qilindi[66][78]. Falastin fuqarolari endilikda Britaniya himoyasidagi shaxs maqomidan mahrum boʻldi va Mandat davrida berilgan pasportlar Britaniya himoyasini taqdim etmaydigan hujjatlarga aylandi[79][80].

Mandat tugagach, yahudiylar va arablar oʻrtasida 1948-yilgi Arab-Isroil urushi boshlandi[81]. Keyingi bir necha kun ichida taxminan 700 nafar livanlik, 1 876 nafar suriyalik, 4 000 nafar iroqlik va 2 800 nafar misrlik askarlar Falastin chegaralarini kesib oʻtdi[82]. Bundan tashqari, Transiordaniyaning taxminan 4 500 nafar askari, jumladan bir necha hafta oldin Britaniya armiyasidan isteʼfoga chiqqan 38 nafar britaniyalik zobitlar, jumladan bosh qoʻmondon general John Bagot Glubb boshchiligida, Quddus va uning atrofini qamrab oluvchi korpus separatum (maxsus maʼmuriy zona) hududiga kirgan[83], hamda BMT boʻlinish rejasi asosida arab davlatiga ajratilgan hududlarga joylashgan. 1948-1949-yillarda boʻlib oʻtgan bu urush natijasida Isroil sobiq Britaniya mandati hududining taxminan 78 foizini egallab oldi. Transiordaniya Gʻarbiy Sohilni bosib oldi va keyinchalik oʻz hududiga qoʻshib oldi, Misr esa Gʻazo sektorini oʻz nazoratiga oldi. Mandat tugagandan keyin Isroilda qolgan Britaniya qoʻshinlari Hayfa portidagi hudud va RAF Ramat David aviabazasida toʻplandi, bu joylar Britaniya kuchlarining chiqib ketishini qoʻllab-quvvatlash uchun saqlab qolingan edi. 1948-yil 26-mayda Britaniya RAF Ramat Davidni isroilliklarga topshirdi. 30-iyun kuni Britaniya qoʻshinlarining soʻnggi boʻlinmalari Hayfadan evakuatsiya qilindi. Hayfa porti maʼmuriy binosida Britaniya bayrogʻi tushirilib, uning oʻrniga Isroil bayrogʻi koʻtarildi. Port rasmiy ravishda isroilliklar nazoratiga topshirildi[84].

Mandat maʼmuriyati rasmiy ravishda Britaniya hukumati xizmatiga boʻysungan edi, biroq Peel komissiyasi uning ishonchsizligi, kadrlarning yetishmasligi va haddan tashqari markazlashganligini qayd etgan. Shuningdek, yahudiylar va arablar oʻrtasidagi etnik qarama-qarshilik butun maʼmuriyat faoliyatiga taʼsir qila boshlagan edi. Yahudiylarga vakillik qiluvchi Yahudiy agentligi va arablarga vakillik qiluvchi Arab Oliy qoʻmitasi bir vaqtning oʻzida mustaqil boshqaruv tizimlariga aylangandi. Bu holat „imperium in imperio“ (davlat ichida davlat) deya taʼriflanadi[85].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yilda taxminan 750 000 aholiga ega boʻlgan bu koʻp millatli hududda, asosan arab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar istiqomat qilgan. Ular orasida Beersheba hududi va uning janubi-sharqiy qismlarida joylashgan baduinlar ham boʻlgan (1922-yilgi aholi roʻyxatiga olish maʼlumotlariga koʻra, aholi soni 103 331 kishini tashkil etgan). Shuningdek, hududda yahudiylar (ular umumiy aholining taxminan 11 foizini tashkil etgan) va boshqa kichik guruhlar: druzlar, suriyaliklar, sudanliklar, somaliliklar, cherkaslar, misrliklar, qibtiylar, yunonlar va Hijozdan kelgan arablar yashagan. Aholining diniy tarkibi quyidagicha boʻlgan:

  • 1922-yilgi birinchi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, jami aholining soni 757 182 boʻlib, ularning 78% musulmonlar, 11% yahudiylar va 10% xristianlar edi.
  • 1931-yilgi ikkinchi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, jami aholining soni 1 035 154 kishini tashkil etgan. Ularning 73,4% musulmonlar, 16,9% yahudiylar va 8,6% xristianlar edi.

Ikkita roʻyxatga olish oʻrtasidagi farq, shuningdek tugʻilish, oʻlish va immigratsiya haqidagi maʼlumotlar orasidagi tafovutlar natijasida, ikkinchi roʻyxat mualliflari oraliq yillarda taxminan 9 000 yahudiy va 4 000 arabning noqonuniy ravishda immigratsiyani amalga oshirgan, degan xulosaga kelishgan.

Aholi oʻsishi va demografik koʻrsatkichlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-yil oxirida, aholi soni taxminan 1 300 000 ga yetgan, ulardan 384 000 nafarini yahudiylar tashkil qilgan. Arablar soni ham tez sur’atlarda oʻsib borgan, bunga asosan Usmonli imperiyasi tomonidan joriy etilgan majburiy harbiy xizmatning bekor qilinishi, bezgakka qarshi kurash va sogʻliqni saqlash xizmatlarining yaxshilanishi sabab boʻlgan. Absolyut raqamlarda arablarning soni yahudiylar soniga nisbatan koʻproq oʻsgan boʻlsa-da, nisbatan olganda yahudiylar soni 1922-yilda 13% ni tashkil qilgan, bu koʻrsatkich 1936-yilga kelib 30% ga yaqinlashgan. 1939-yilda qabul qilingan White paper siyosati yahudiy immigratsiyasiga cheklovlar kiritgan. 1939-yilga kelib hudud aholisi 1 500 000 dan oshgan[86], bunda yahudiylar soni 450 000 ga yetgani va bu umumiy aholining uchdan biriga yaqinlashgani aytilgan. 1945-yilgi demografik tadqiqot natijalariga koʻra, aholi soni 1 764 520 nafar boʻlgan. Bu raqam quyidagi tarzda taqsimlangan:

  • 1 061 270 musulmonlar
  • 553 600 yahudiylar
  • 135 550 xristianlar
  • 14 100 boshqa guruhlar vakillari.
Yil Umumiy Musulmonlar Yahudiylar Xristianlar Boshqalar
1922 752 048 589 177
(78%)
83 790
(11%)
71 464
(10%)
7 617
(1%)
1931 1 036 339 761 922
(74%)
175 138
(17%)
89 134
(9%)
10 145
(1%)
1945 1 764 520 1 061 270
(60%)
553 600
(31%)
135 550
(8%)
14 100
(1%)
1922–1945-yillarda oʻrtacha yillik

aholi sonining oʻsish sur’ati

3.8% 2.6% 8.6% 2.8% 2.7%

Tumanlar boʻyicha

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1945-yildagi Falastindagi Britaniya mandati hududidagi munitsipalitetlarning aholi soni boʻyicha xaritasi
  150,000 dan ortiq
  100,000
  50,000
  20,000
  10,000
  5,000
  2,000
  1,000
  500
  500 dan kam
  Negev sahrosidagi ko‘chmanchilar hududi

1945-yilda Mandatning 16 ta tumanining har biriga oid diniy demografik maʼlumotlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

1945-yilgi Falastinning tuman boʻyicha demografik koʻrsatkichlari[87]
Tuman Quyi tuman Musulmolar Yahudiylar Xristianlar Umumiy
Soni % Soni % Soni %
Haifa Hayfa 95 970 38% 119 020 47% 33 710 13% 253 450
Galilee Akka 51 130 69% 3 030 4% 11 800 16% 73 600
Bisan 16 660 67% 7 590 30% 680 3% 24 950
Nazaret 30 160 60% 7 980 16% 11 770 24% 49 910
Safad 47 310 83% 7 170 13% 1 630 3% 56 970
Tiberiya 23 940 58% 13 640 33% 2 470 6% 41 470
Lidda Yaffa 95 980 24% 295 160 72% 17 790 4% 409 290
Ramla 95 590 71% 31 590 24% 5 840 4% 134 030
Samariya Jenin 60 000 98% deyarli yoʻq 1% 1 210 2% 61 210
Nablus 92 810 98% deyarli yoʻq 1% 1 560 2% 94 600
Tulkarm 76 460 82% 16 180 17% 380 1% 93 220
Quddus Hebron 92 640 99% 300 1% 170 1% 93 120
Quddus 104 460 41% 102 520 40% 46 130 18% 253 270
Ramalla 40 520 83% deyarli yoʻq 1% 8 410 17% 48 930
Gʻazo Birsheba 6 270 90% 510 7% 210 3% 7 000
Gʻazo 145 700 97% 3 540 2% 1 300 1% 150 540
Umumiy 1 076 780 58% 608 230 33% 145 060 9% 1 845 560

Quyidagi jadvalda mandat davrining boshlanishi – 1922-yilda oʻtkazilgan Falastin aholisini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Falastinning shahar hududlarida yashovchi aholi soni koʻrsatilgan[88].

Munitsipaliteti Musulmonlar Yahudiylar Xristianlar Druzlar Samariliklar Bahoiylar Metaviliylar Hindlar Sikhlar Umumiy
Quddus 13413 33971 14699 6 0 0 0 484 5 62578
Yaffa 20699 20152 6850 0 8 0 0 0 0 47709
Hayfa 9377 6230 8863 12 0 152 0 0 0 24634
Gʻazo 16722 54 701 0 0 0 3 0 0 17480
Hebron 16074 430 73 0 0 0 0 0 0 16577
Nablus 15238 16 544 2 147 0 0 0 0 15947
Safad 5431 2986 343 1 0 0 0 0 0 8761
Lidda 7166 11 926 0 0 0 0 0 0 8103
Nazaret 2486 53 4885 0 0 0 0 0 0 7424
Ramla 5837 35 1440 0 0 0 0 0 0 7312
Tiberiya 2096 4427 422 1 0 4 0 0 0 6950
Baytullahm 818 2 5838 0 0 0 0 0 0 6658
Akka 4883 78 1344 13 0 102 0 0 0 6420
Majdal 5064 0 33 0 0 0 0 0 0 5097
Xon Yunis 3866 1 23 0 0 0 0 0 0 3890
Tulkarm 3109 23 208 1 8 1 0 0 0 3350
Ramalla 125 7 2972 0 0 0 0 0 0 3104
Bayt Jala 41 0 3060 0 0 0 0 0 0 3101
Jenin 2307 7 108 0 0 0 0 212 3 2637
Birsheba 2012 98 235 11 0 0 0 0 0 2356
Shfaram 623 0 1263 402 0 0 0 0 0 2288
Bisan 1687 41 213 0 0 0 0 0 0 1941
Umumiy 139074 68622 55043 449 163 259 3 696 8 264317

Davlat boshqaruvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1922-yil avgustdagi Falastin Kengashi farmoni shartlariga koʻra, Mandat hududi tumanlarga boʻlingan va ular Buyuk Britaniyaning Falastin mandati boʻyicha Oliy komissari maʼmuriyati tomonidan boshqarilgan[89].

Britaniya Usmonli imperiyasining millet nomli tizimini davom ettirgan. Bosh Komissar Pravoslav Ravvinatini tashkil etib, oʻzgartirilgan millet tizimini saqlab qolgan. Bu tizim faqat 11 ta diniy jamoalarni tan olgan: musulmonlar, yahudiylar va toʻqqizta xristian mazhabi (ular orasida xristian protestant cherkovlari yoʻq edi). Tan olinmagan jamoalardagi shaxslar millet tizimidan chetda qolgan. Natijada, diniy jamoalararo nikohlar taqiqlangan. Turli jamoalar oʻrtasidagi shaxsiy aloqalar ham cheklangan edi.

Diniy sudlardan tashqari, sud tizimi Britaniya qonunchiligi asosida tashkil etilgan boʻlib, unda apellyatsiya yurisdiksiyasiga, hamda Markaziy Jinoyat sudlari ustidan nazorat qilish vakolatiga ega boʻlgan Oliy sud mavjud edi. Ketma-ket boʻlgan beshta Oliy sud raislari quyidagilardir:

  • Ser Thomas Haycraft (1921–1927)[90]
  • Ser Michael McDonnell (1927–1936)[90]
  • Ser Harry Trusted[91] (1936–1941; 1938-yilda ritsar unvoni bilan taqdirlangan)
  • Frederick Gordon-Smith (1941–1944)[92]
  • Ser William Fitzgerald (1944–1948)[93]

The Palestine Post gazetasi 1932-yilda Gershon Agron tomonidan tashkil etilgan. 1950-yilda uning nomi The Jerusalem Post ga oʻzgartirilgan. 1923-yilda esa Pinxas Rutenberg ilk Falastin elektr kompaniyasini tashkil etgan, bu kompaniya 1961-yilda Isroil elektr korporatsiyasi deb qayta nomlangan.

1927-yilgi Falastindagi Britaniya mandatining pochtasi markasi.
1941-yilda zarb etilgan Falastindagi Britaniya mandatining tangasi.
1927-yilgi Falastindagi Britaniya mandatining gerb markasi.
1927-yilda zarb etilgan Falastindagi Britaniya mandatining tangasi.

1922-yildan 1947-yilgacha yahudiy iqtisodiyotining yillik oʻsish sur’ati 13,2% ni tashkil etgan, bu asosan immigratsiya va xorijiy kapital hisobiga amalga oshgan. Arab iqtisodiyotining oʻsish sur’ati esa bu davrda 6,5% edi. Jon boshiga hisoblaganda, bu koʻrsatkichlar mos ravishda 4,8% va 3,6% ni tashkil etgan. 1936-yilga kelib, yahudiylarning daromadi arablarning daromadidan 2,6 barobarga koʻpaygan[94]. Boshqa arab mamlakatlariga qaraganda, falastinlik arablar biroz koʻproq daromadga ega edilar[95].

1923-yilda Pinxas Rutenberg tomonidan Yaffa elektr kompaniyasi tashkil etilgan va keyinchalik bu kompaniya yangi tashkil etilgan Falastin elektr korporatsiyasiga qoʻshilgan. 1933-yilda Birinchi Iordan gidroelektr stansiyasi ishga tushirilgan. 1926-yilda Tnuva sut mahsulotlari zavodi, 1927-yilda Angel novvoyxonasi va 1934-yilda Falastin Havo Yoʻllari tashkil etilgan. Elektr tokidan asosan Tel-Aviv va Hayfada joylashgan sanoat korxonalari foydalanib kelgan. 1930-yillarning boshlariga kelib, Tel-Avivda ustaxona va fabrikalar soni Hayfaga qaraganda koʻproq boʻlsa-da, har ikki shaharda sanoat uchun elektr quvvatiga talab deyarli bir xil edi[96].

Mamlakatning eng yirik sanoat hududi Hayfada joylashgan boʻlib, xodimlar uchun koʻplab uy-joy binolari qurilgan[97].

1939-yillar atrofida BMTning Inson taraqqiyoti indeksi hisob kitoblariga koʻra, 36 ta mamlakat ichida Falastin yahudiylari 15-oʻrinda, falastinlik arablar 30-oʻrinda, Misr 33-oʻrinda va Turkiya 35-oʻrinda boʻlgan[98]. 1942-yilda Falastin yahudiylari asosan shahar joylarda (76,2%), arablar esa asosan qishloq joylarda yashagan (68,3%)[99]. Umuman olganda, Xolidiyning xulosasiga koʻra, falastinlik arab jamiyati yahudiylar jamiyatidan past boʻlsa-da, mintaqadagi boshqa arab jamiyatlari bilan teng ravishda rivojlangan va baʼzi mamlakatlarga qaraganda ancha ilgarilab ham ketgan[100].

Britaniya mandati davrida mamlakat iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlandi. 1919-yilda yahudiy jamoasi markazlashtirilgan ibroniy maktablar tizimini tashkil etdi va keyingi yilda Vakillar Kengashi, Yahudiy Milliy Kengashi va Histadrut mehnat federatsiyasini tuzdi. 1924-yilda Texnion universiteti va 1925-yilda Quddusdagi Ibroniy universiteti tashkil etildi.

1920-yillardan boshlab, kelib chiqishi arab boʻlgan falastinliklar tomonidan oliy taʼlim muassasasini tashkil etishga bir necha bor urinishlar boʻlgan, ammo bu amalga oshmagan. Isroillik tarixchi Ilan Pappé bu holatni „sionistik bosim, Britaniya tomonidan arablarga nisbatan irqchilik qilishi va resurslarning yetishmasligi“ sabablari bilan izohlagan. U shuningdek, „Britaniya hokimiyatining mustamlakachilik mentaliteti, falastinliklarni zulm qilinishi mumkin boʻlgan navbatdagi mustamlaka xalq sifatida koʻrgan, sionist koʻchmanchilarni esa oʻzlariga yaqin mustamlakachilar sifatida baholagan va bunday universitet Falastin milliy harakatini kuchaytirib yuborishidan qoʻrqqan“, deb qoʻshimcha qilgan[101].

1932-yilda savodxonlik darajasi yahudiylar orasida 86%, falastinlik arablar orasida esa 22% edi. Ammo arablar orasida savodxonlik darajasi keyingi yillarda muntazam ravishda oshib borgan. Taqqoslaganda, falastinlik arablarning savodxonlik darajasi Misr va Turkiyaga qaraganda yuqori, ammo Livanga qaraganda pastroq edi[102].

  1. Bu hudud o'z davrida rasman Falastin sifatidagina tanilgan, biroq so‘nggi yillarda boshqa turli nomlar va tavsiflovchi atamalar ham qo‘llanila boshlangan, jumladan Mandat yoki Falastin mandati, Falastindagi Britaniya mandati va Britaniya tarkibidagi Falastin (arabcha: فلسطين الانتدابية Filasṭīn al-Intidābiyah; ivritcha: פָּלֶשְׂתִּינָה (א״י) Pāleśtīnā (E.Y.))
  2. Tarixchi Nur Masalha XVIII-XIX asrlarda Yevropadagi kitoblar, maqolalar, sayohatnomalar va geografik nashrlarning sezilarli darajada ko‘payganligini hamda "Britaniyaning Falastinga kuchli qiziqishi"ni tasvirlab bergan[20].
  1. „Palestine seal“ (en-GB). www.royalmintmuseum.org.uk. Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
  2. „League of Nations decision confirming the Principal Allied Powers' agreement on the territory of Palestine“. 2013-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Balfur dekloratsiyasi tashkil qilindi“ (13-avgust 2022-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  4. Article 22, The Covenant of the League of Nations (Wayback Machine saytida 26 July 2011 sanasida arxivlangan) and „Mandate for Palestine“, Encyclopaedia Judaica, Vol. 11, p. 862, Keter Publishing House, Jerusalem, 1972
  5. „1936-1939-yillardagi Falastindagi Arab qo'zg'olonining birinchi qismi boshlandi.“ (11-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  6. „Transiordaniya amirligi mustaqilligi“ (25-may 2020-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2024-yil.
  7. „BMT Falastinni ikki davlat – yahudiy va arab davlatlariga bo‘lish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.“ (14-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  8. „Falastin davlati hududini ikkiga bo'lish“. Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  9. „Falastin davlati hududini ikkiga bo'lindi“. Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  10. „Isroil davlati tashkil qilinishi“ Kun.uz (20-may 2023-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2024-yil.
  11. „Isroil davlati tashkil topishi“. Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  12. „Falastin ustidan Buyuk Britaniya mandati yakunlandi.“ (11-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  13. „Arab-Isroil urishidan keyingi chegaralar xolatini aks ettirgan xarita“ (31-yanvar 2023-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  14. „A toifali mandat ostidagi davlatlar“. Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  15. Victor Kattan. From Coexistence to Conquest, International Law and the Origins of the Arab-Israeli Conflict, 1891–1949. London, New York: Pluto Press, 2009.
  16. Nur Masalha. Palestine: A Four Thousand Year History. Zed, 2018. ISBN 978-1-78699-272-7.  Chapter 9: Being Palestine, becoming Palestine, p. 287: „the sense of continuity between the ancient, medieval and modern political geography and naming traditions of Palestine eventually came into play in the designation of the British Mandatory Government of Palestine“. The preceding pages, p.259-287, document in detail the usage of the term Palestine by native Palestinians from the moment the printing press was introduced into the area in the late 19th century.
  17. Khalidi 1997, ss. 151–152.
  18. Büssow, Johann. Hamidian Palestine: Politics and Society in the District of Jerusalem 1872–1908. BRILL, 11 August 2011 — 5-bet. ISBN 978-90-04-20569-7. Qaraldi: 2013-yil 17-may. 
  19. |The 1915 Filastin Risalesi („Palestine Document“) is a country survey of the VIII Corps of the Ottoman Army, which identified Palestine as a region including the sanjaqs of Akka (the Galilee), the Sanjaq of Nablus, and the Sanjaq of Jerusalem (Kudus Sherif), see Ottoman Conceptions of Palestine-Part 2: Ethnography and Cartography, Salim Tamari (Wayback Machine saytida 27 March 2015 sanasida arxivlangan)
  20. Nur Masalha. Palestine A Four Thousand year History. Zed Books, 2018 — 242–245-bet. ISBN 978-1-78699-274-1. 
  21. Caplan, Neil (1994). "ZIONIST VISIONS OF PALESTINE, 1917–19361". The Muslim World 84 (1–2): 19–35. doi:10.1111/j.1478-1913.1994.tb03587.x. https://doi.org/10.1111/j.1478-1913.1994.tb03587.x. 
  22. Ronald Storrs, Orientations, Nicholson & Watson 1943 pp.383-384.|quote='When . .the first civil issue of Palestine stamps was being designed, strong pressure was exerted on the authorities to render Palestine, in the Hebrew title, by Eretz Yisrael, the Land of Israel, the ancient and traditional Jewish name. Jews have never called the country Palestine, which was indeed a Roman name etymologically akin to Philistia. .the Government was undoubtedly right in resisting a nomenclature intolerable to the vast majority of Palestinians, and in substituting the device, relatively inoffensive to all parties (though giving complete satisfaction to none), of adding to „Palestine“ in Hebrew the two Hebrew initials (E. Y.).'
  23. League of Nations, Permanent Mandate Commission, Minutes of the Ninth Session (Wayback Machine saytida 2011-06-28 sanasida arxivlangan) (Arab Grievances), Held at Geneva from 8 to 25 June 1926,
  24. Ira M. Lapidus, A History of Islamic Societies, 2002: „The first were the nationalists, who in 1918 formed the first Muslim-Christian associations to protest against the Jewish national home“ p.558
  25. Tessler, A History of the Israeli-Palestinian Conflict, Second Edition, 2009: „An All-Palestine Congress, known also as the First Congress of the Muslim-Christian Societies, was organised by the MCA and convened in Jerusalem in February 1919.“ p.220-221
  26. „First Arab Congress 1919 Paris Resolution (in Arabic)“. ecf.org.il. 2017-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  27. „Palestine Through History: A Chronology (I)“. 2011-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-fevral. The Palestine Chronicle
  28. „United Nations Maintenance Page“. unispal.un.org. 2014-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  29. 29,0 29,1 29,2 29,3 'A Colonial Room With a View of Jerusalem' (Haaretz, 24 April 2012). https://www.haaretz.com/israel-news/culture/2012-04-24/ty-article/a-colonial-room-with-a-view-of-Jerusalem/0000017f-deec-db22-a17f-fefd9e520000
  30. Shamir, Ronen (2013) Current Flow: The Electrification of Palestine Stanford: Stanford University Press
  31. Caplan, Neil. Palestine Jewry and the Arab Question, 1917 – 1925. London and Totowa, NJ: F. Cass, 1978. ISBN 978-0-7146-3110-3. pp. 148–161.
  32. Mattar, Philip. al-Husayni, Amin, Revised Mattar, Philip: , New York: Facts On File, 2003. ISBN 978-0-8160-5764-1. 
  33. "It was not scholarly religious credentials that made Hajj Amin an attractive candidate for president of the SMC in the eyes of colonial officials. Rather, it was the combination of his being an effective nationalist activist and a member of one of Jerusalem’s most respected notable families that made it advantageous to align his interests with those of the British administration and thereby keep him on a short tether." Weldon C. Matthews, Confronting an Empire, Constructing a Nation: Arab Nationalists and Popular Politics in Mandate Palestine, I. B. Tauris, 2006 pp. 31–32
  34. For details see Yitzhak Reiter, Islamic Endowments in Jerusalem under British Mandate, Frank Cass, London Portland, Oregon, 1996
  35. Excluding funds for land purchases. Sahar Huneidi, A Broken Trust: Herbert Samuel, Zionism and the Palestinians 1920–1925, I. B. Tauris, London and New York, 2001 p. 38. The 'Jewish Agency', mentioned in article 4 of the Mandate only became the official term in 1928. At the time the organisation was called the Palestine Zionist Executive.
  36. „1922 Palestine Order in Council“. 2014-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  37. 37,0 37,1 "Palestine. The Constitution Suspended. Arab Boycott Of Elections. Back To British Rule" The Times, 30 May 1923, p. 14, Issue 43354
  38. 38,0 38,1 Legislative Council (Palestine) (Wayback Machine saytida 15 October 2018 sanasida arxivlangan) Answers.com
  39. Las, Nelly. „International Council of Jewish Women“. International Council of Jewish Women. Qaraldi: 2018-yil 20-noyabr.
  40. League of Nations, Official Journal, October 1923, p. 1217.
  41. 41,0 41,1 Segev 2000, ss. 360–362
  42. Gilbert 1998, s. 80
  43. Khalidi 2006, ss. 87–90
  44. Smith, Charles D.. Palestine and the Arab–Israeli Conflict: A History with Documents, Sixth, 2007 — 111–225-bet. 
  45. Gilbert 1998, s. 85: The Jewish Settlement Police were created and equipped with trucks and armoured cars by the British working with the Jewish Agency.
  46. „The Zionism of Orde“, Covenant, 3-jild, IDC, 1 August 2014da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 4 August 2014
  47. Black 1991, s. 14
  48. Shapira 1992, ss. 247, 249, 350
  49. „Irgun harbiylashtirilgan guruhi“.
  50. Firestone, Reuven. Holy War in Judaism: The Fall and Rise of a Controversial Idea. Oxford University Press, 2012 — 192-bet. ISBN 978-0-19-986030-2. 
  51. „Aljazeera: The history of Palestinian revolts“. 2005-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 15-dekabr.
  52. Khalidi 2001, s. 26
  53. Khalidi 1987, s. 845.
  54. „Haganahning shakllanishi“. Qaraldi: 17-dekabr 2024-yil.
  55. Khalidi 2001, s. 28.
  56. „Transiordaniya Hoshimiylar qirolligi tashkil qilinishi“ (25-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2024-yil.
  57. See Mandates, Dependencies and Trusteeship, by H. Duncan Hall, Carnegie Endowment, 1948, pp. 266–267.
  58. „The Mandate is Indivisble“. Historical Jewish Press, Tel Aviv University, Palestine Post (1946-yil 9-aprel). 2010-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  59. „The Near East and Africa“. Foreign relations of the United States (1947).
  60. Snetsinger, John. Truman, the Jewish vote, and the creation of Israel. Hoover Press, 1974 — 60–61-bet. ISBN 978-0-8179-3391-3. 
  61. „The Near East and Africa, Volume V (1947)“. United States Department of State, Foreign relations of the United States.
  62. The British Empire in the Middle East, 1945–1951 (Wayback Machine saytida 28 November 2022 sanasida arxivlangan), p. 348. William Roger Louis, Clarendon Press, 1984
  63. „Violence Ebbs; British Police Withdrawn from Tel Aviv and Its Environs – Jewish Telegraphic Agency“. www.jta.org (1947-yil 16-dekabr).
  64. Michael J Cohen. Britain's Moment in Palestine: Retrospect and Perspectives, 1917–1948. Routledge, 24 February 2014 — 481–-bet. ISBN 978-1-317-91364-1. 
  65. „British Forces in Jerusalem Alerter Following Haifa Victory; Fear Haganah Raid on City – Jewish Telegraphic Agency“. www.jta.org (1948-yil 23-aprel).
  66. 66,0 66,1 „PALESTINE BILL“. Parliamentary Debates (Hansard) (1948-yil 10-mart).
  67. Herzog, Chaim and Gazit, Shlomo: The Arab-Israeli Wars: War and Peace in the Middle East from the 1948 War of Independence to the Present, p. 46
  68. „'U.N. Resolution 181 (II). Future Government of Palestine, Part 1-A, Termination of Mandate, Partition and Independence“. 2009-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-may.
  69. U. N. Resolution 181 (II). Future Government of Palestine, Part 1-A, Termination of Mandate, Partition and Independence (Wayback Machine saytida 29 October 2006 sanasida arxivlangan).
  70. „President Truman's Trusteeship Statement – 1948“. www.mideastweb.org.
  71. Northey, Ruth (project ed.). Whitaker's Britain. Bloomsbury Publishing, 2013 — 127-bet. ISBN 978-1-4729-0305-1. 
  72. „Israel Ministry of Foreign Affairs: Declaration of Establishment of State of Israel: 14 May 1948: Retrieved 10 April 2012“. 2013-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
  73. Bier, Aharon, & Slae, Bracha, For the sake of Jerusalem, Mazo Publishers, 2006, p. 49
  74. Declaration of the Establishment of the State of Israel, 14 May 1948.
  75. J. Sussmann (1950). "Law and Judicial Practice in Israel". Journal of Comparative Legislation and International Law 32: 29–31. 
  76. „Copy of telegram from Epstein to Shertok“. Government of Israel. 2013-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-may.
  77. „Our Documents – Press Release Announcing U.S. Recognition of Israel (1948)“. www.ourdocuments.gov (2021-yil 9-aprel).
  78. „Palestine Passports Cease to Give British Protection After May Govt. Announces – Jewish Telegraphic Agency“. www.jta.org (1948-yil 26-mart).
  79. Masalha, Nur (1992). „Expulsion of the Palestinians.“ Institute for Palestine Studies, this edition 2001, p. 175.
  80. Rashid (1997). p. 21 (Wayback Machine saytida 28 November 2022 sanasida arxivlangan) „In 1948 half of Palestineʼs 1.4 million Arabs were uprooted from their homes and became refugees“.
  81. „1948-yilgi Arab-Isroil urushi“ (14-may 2021-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  82. Appendix IX-B, 'The Arab Expeditionary Forces to Palestine, 15/5/48, Khalidi, 1971, p. 867.
  83. Bayliss, 1999, p. 84.
  84. Cohen-Hattab, Kobi. Zionism's Maritime Revolution: The Yishuv's Hold on the Land of Israel's Sea and Shores, 1917–1948. Walter de Gruyter GmbH & Co KG, 8 July 2019. ISBN 978-3-11-063352-8. 
  85. „Plan of partition - Summary of the UK Palestine Royal Commission (Peel Commission) report - League of Nations/Non-UN document“. un.org.
  86. „1939-yildagi aholi soni“. Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  87. prepared in December 1945 and January 1946 for the information of the Anglo-American Committee of Inquiry.. A Survey of Palestine: Prepared in December, 1945 and January, 1946 for the Information of the Anglo-American Committee of Inquiry. Institute for Palestine Studies, 1991 — 12–13-bet. ISBN 978-0-88728-211-9. 
  88. File:J. B. Barron, ed. Palestine, Report and General Abstracts of the Census of 1922. Government of Palestine.djvu, page 9
  89. The Palestine Order in Council, 10 August 1922, article 11 (Wayback Machine saytida 16 September 2014 sanasida arxivlangan): „The High Commissioner may, with the approval of a Secretary of State, by Proclamation divide Palestine into administrative divisions or districts in such manner and with such subdivisions as may be convenient for purposes of administration describing the boundaries thereof and assigning names thereto.“
  90. 90,0 90,1 Likhovski 2006, s. 64.
  91. „H.h. Trusted Named Chief Justice of Palestine“. Jewish Telegraphic Agency (1936-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  92. Likhovski 2006, s. 74.
  93. Likhovski 2006, s. 75.
  94. Khalidi 2006, ss. 13–14.
  95. Khalidi 2006, s. 27.
  96. Shamir, Ronen (2013). Current Flow: The Electrification of Palestine. Stanford: Stanford University Press.
  97. Noam Dvir.. „Haifa's glass house transparent, but still an Israeli mystery“. Haaretz (2012-yil 5-aprel).
  98. Khalidi 2006, s. 16.
  99. Khalidi 2006, s. 17.
  100. Khalidi 2006, ss. 29–30.
  101. „Why Only a Hebrew University? The Tale of the Arab University in Mandatory Jerusalem“. Jerusalem Quarterly. Institute for Palestine Studies (2023). Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  102. Khalidi 2006, ss. 14, 24.