Koauila
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | 38 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Saltilno | ||
Yirik shahari | Torreon | ||
Boshqa yirik shaharlari | Torreon, Saltilno, Monklova | ||
Asos solingan sanasi | 7-may 1824 | ||
Gubernator | Ruben Moreyra Valdes (Rubén Moreira Valdez), PRI s 01.12.2011 | ||
Rasmiy tili | ispan | ||
Aholi (2010) | 2 748 391 | ||
Zichligi | 18,13 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | Metislar, oqlar, kikapu. | ||
Dinlar tarkibi | Katoliklar (86,4 %), protestantlar va evangellar (6,8 %), boshqa nasroniylar(1,8 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (3,8 %). | ||
Maydoni | 151 571 km² (3-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
3710 m | ||
Kengligi | 29º 53' — 24º 32' N | ||
Uzunligi | 99º 51' — 103º 68' E | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-COA | ||
Pochta indeksi | 25 — 27 | ||
Rasmiy sayti | http://www.coahuila.gob.mx/ | ||
Xaritada | |||
27°18′08″N 102°02′41″W / 27.30222°N 102.04472°W |
Koauila — Meksikadagi shtat, Meksika togʻligining shimoliy qismida, AQSH bilan chegaradosh. Maydoni 151,6 ming km². Aholisi 2,3 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Saltilo. Yirik shaharlari: Torreon, Monklova, Pyedras-Negras. Relyefining aksari qismi choʻl landshaftli togʻlik, sharqida — sertepa tekislik. Sharqiy Syerra-Madre togʻlari Koauilani Meksika qoʻltigʻidan ajratib turadi. Iqlimi subtropik quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 12—16°, iyulniki 24—29°. Shimolidan sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida baʼzan temperatura —10° gacha pasayadi. Yillik oʻrtacha yogʻin 200–400 mm.
Koauila — muhim metallurgiya va sugʻorma dehqonchilik rayoni. Sabinas daryosi havzasi mamlakatning asosiy toshkoʻmir olinadigan rayoni. Koks-kimyo, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, sement, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bor. Asosiy ekinlari — paxta, bugʻdoy. Ekstensiv chorvachilik rivojlangan. Koauila orqali markaziy shtatlarni AQSH bilan bogʻlovchi muhim magistral yoʻllar oʻtgan.[1]
Manbalar
[edit | edit source]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |