Kontent qismiga oʻtish

Ф (kirill)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ф — oʻzbek Kirill alifbosining yigirma ikkinchi harfi; sirgʻaluvchi, lab-tish, shovqinli jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Soʻz boshi (foyda, fuqaro, futbol), oʻrtasi (oftob, hafta, shifer) va oxiri (alif, takalluf, sharaf) da kela oladi. Asosan, arab, fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlarda, rus tili orqali olingan baynalmilal soʻzlarda uchraydi. Talaffuzda, shevalarda va ogʻzaki nutkda f tovushi koʻpincha p tovushiga, baʼzan b tovushiga almashinadi (fabrika > pabrika, Fotima > Potima, daftar > daptar, sadaf > sadap; afzal > abzal va boshqalar), lekin bu hodisa yozuv (imlo)da aks etmaydi.

F harfi avesto, turkiy (uygʻur) yozuvlarida, shuningdek, arab va lotin alifbolari asosidagi oʻzbek yozuvida oʻziga xos koʻrinishlarga ega.