Kontent qismiga oʻtish

Assuta

Koordinatalari: 32°6′28.43″N 34°50′19.70″E / 32.1078972°N 34.8388056°E / 32.1078972; 34.8388056
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Assuta
Joylashuv Isroil Tel-Aviv
Xarita
Koordinatalari 32°6′28.43″N 34°50′19.70″E / 32.1078972°N 34.8388056°E / 32.1078972; 34.8388056

Assuta (ivritcha: אסותא מרכזים רפואייםAsso)‏‎ — Butun Isroil boʻylab yoyilgan xususiy tibbiyot majmualari tarmogʻi. Assuta Isroildagi eng yirik zamonaviy xususiy tibbiyot shifoxonasi hisoblanadi[1]. Daromad boʻyicha Assuta Isroil kasalxonalari orasida yettinchi oʻrinda turadi[2].

Muassasa tarixi 1934-yilda Tel-Avivda xususiy klinikaga asos solinganidan boshlangan.

Assuta doktor Ben-Sion Harel va uning oʻgʻli tomonidan tashkil etilgan. Ular boshqa shifokorlarni, asosan Germaniyadan kelgan mutaxasislarni jalb qilgan holda Isroilda xususiy tibbiyot muassasalaridan birini ochishgan[3].

Muassasa Tel-Aviv shimoli-sharqida joylashgan Summail qishlogʻidan sotib olingan 8 gektar maydonda qurilgan[4]. Keyinchalik u yerdan Jabotin koʻchasi oʻtkazilgan. Bino meʼmor Jozef Nayfeld tomonidan ishlab chiqilgan va oʻsha paytdagi mashhur Bauhaus uslubida qurilgan.

Kasalxona 1935-yilda ochilgan. 1984-yilda muassasa „Makkabi Health Care Services“ kompaniyasini sotib olgan[3].

2009-yilda Tel-Avivning Ramat HaChayal tumanida, Yarkon bogʻi yonida joylashgan majmuaning yangi zamonaviy binosi ochilgan. Binoning konsepsiyasi Isroil va Kanada meʼmorlari guruhi, Kanada tomonidan — Zeidler, Isroil tomonidan — Mur Yasky Sivan Architects tomonidan ishlab chiqilgan[1].

2011-yil fevral oyida Assuta xalqaro sogʻliqni saqlash sertifikatini olgan. Bu sertifikat tufayli shifoxona xalqaro tibbiy turizm markaziga aylanmoqda[5][6].

Infratuzilmasi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majmua ichida mehmonxona[1], maxsus doʻkonlar, barcha dinlar uchun ibodat uylari va simsiz internetga ulanish[3] imkoniyati mavjud[1].

Maydoni 970 ming kvadrat metr. Shifoxonada 16 ta jarrohlik xonasi mavjud[1].

Tel-Avivda joylashgan bosh shifoxondan tashqari, Assuta Xayfa, Bi as-saba va Rishon Lezion[7] kasalxonalariga, shuningdek, boshqa shaharlardagi jarrohlik markazlari va klinikalariga egalik qiladi[8]. 2017-yil 4-iyunda Ashdodda yangi kasalxona ochilgan[9].

Shifoxonda quyidagi boʻlimlarmavjud[3][10]:

Shifoxonaning asosiy yoʻnalishlari: umumiy jarrohlik[11], kardiologiya[12], ginekologiya[13]. Shifoxonada turli xil kelib chiqadigan oʻsmalarni olib tashlash amaliyotlari va eng murakkab neyrojarrohlik amaliyotlari ham amalga oshiriladi. Klinikada 25 nafar yetakchi neyrojarroh doimiy ishlaydi.

Assuta xususiy shifoxona boʻlgani uchun u shifokorlarning doimiy shtatiga ega emas — barcha shifokorlar shartnoma asosida ishlaydi. Bu usul shifoxonaga mamlakatdagi eng yaxshi mutaxassislarni ishga joylashtirish imkonini beradi va shu tariqa bemorlarga diagnostika va davolanish yuqori sifatda amalga oshiriadi. Kasalxonada taniqli isroillik va xalqaro shifokorlar ishlagan, ular orasida: onkolog jarroh professor Moshe Papa, neyrojarroh va invaziv neyroradiologiya boʻyicha isroillik yetakchi mutaxassis professor Shimon Maymon, kardiolog professor Shmuel Rat, yetakchi isroillik pulmonolog doktor Amir Onn, yetakchi endokrinolog professor Luis Shekman. xillpillovchi aritmiyani davolash boʻyicha mutaxassis doktor Leonid Sterniklar mavjud.

Assuta tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, shifoxona har yili 85 000ga yaqin jarrohlik amaliyotlarini, 235 000 diagnostika tekshiruvlarini, 5 000 ga yaqin yurak kateterizatsiyasini amalga oshiradi[14].


Kasalxonada har yili 7000 ga yaqin in vitro urugʻlantirish (IVF) protseduralari amalga oshiriladi, bu Isroilda amalga oshirilgan IVF protseduralarining toʻrtdan bir qismini tashkil etadi[15].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Aviv Group — Populated Projects — Medical Real Estate — The Assuta Hospital“. 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2011-yil.
  2. „Больницы по уровню доходов“ (he). Сайт Dun & Bradstreet Israel Ltd. (2011). 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2011-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „אודות אסותא“ (ivritcha). assuta.co.il. 4-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2018-yil.
  4. „Ш.Климовицкий. ЗАhАВА ГАЛЬОН И "АЛЬТЕРНАТИВА ОСЛО" » "Дом Давида" Движение иудейского возрождения в Эрец-Исраэль“ (ruscha). isradem.com. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2019-yil.
  5. „Israel, Assuta Hospital Tel-Aviv“. сайт Joint Commission International. 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2011-yil.
  6. „Семь больниц получили престижную международную аккредитацию“ (en). TheMarker (27-mart 2011-yil). 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2011-yil.
  7. „Размещение Ассуты по территории страны(ivrit). sayt Assuti. 20-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2011-yil.
  8. „«Асута» больница с человеческим лицом“ (ru). сайт MED.IsraelInfo.ru (28-oktabr 2006-yil). 2012-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2011-yil.
  9. „Больницу в Ашдоде будет строить «Асута»“ (ru). ZMAN.com (11-aprel 2011-yil). 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2011-yil.
  10. Josef Woodman. Пациенты без границ(ingl.). ISBN 978-0-9903154-0-7. 
  11. „Surgical Procedures“ (inglizcha). en.assuta.co.il. 11-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2019-yil.
  12. „Cardiac Catheterization“ (inglizcha). en.assuta.co.il. 11-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2019-yil.
  13. „IVF“ (inglizcha). en.assuta.co.il. 11-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2019-yil.
  14. „Ассута - крупнейший ведущий частный медицинский центр в Израиле“. сайт Ассуты. 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2011-yil.
  15. Дина Крафт. „В стране, где ценят семью, помощь предоставляется бесплатно“. Газета «The New York Times» (17-iyul 2011-yil). 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2011-yil.