Kontent qismiga oʻtish

Badaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Badaviy

BUch badaviy shayxlari, 1867–1876-yil
Oʻz nomi arabcha: بَدَوِي
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni

Jami: 25,000,000[15]

Til Arab tili[16], Levantine Arabic va Jordanian Arabic
Dini Ahl as-Sunna val-Jamoa va Islom[17]
Irqiy turi evropoid, negroid
Tegishli arablar, taureglar, berberlar
Tuya minib olgan badaviy
Бедуины на Синайском полуострове, 1967, 1967
Sinay yarim orolidagi badaviylar, 1967

Badaviy (arabcha: بَدَوِي badaviy, koʻplikda badv (بَدْو) yoki badaviyun (بَدَوِيُّون) — «sahroyi (dasht)», «koʻchmanchi», arabcha badiya (بَادِية) — sahro soʻzidan olingan[18]) — dini va millatidan qatʼiy nazar Arabiston yarim oroli va Shimoliy Afrika choʻllarida yashaydigan koʻchmanchi, yarim koʻchmanchi arab qabilalari tushuniladi. Badaviylar Sudan va Shimoliy Afrika, Markaziy Arabiston, Suriya, Iordaniya, Iroq, Misr va boshqa joylarda yashaydilar.

Qadimiy tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Badaviylar — yevropaliklar tomonidan dehqonchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanuvchi (Hadeziy) shaharlar aholisidan farqli ravishda koʻchmanchi hayot kechiradigan Arabistonning barcha qabila va xalqlariga berilgan umumiy nomdir.

Arab tarixchilari (8-asr) tuzgan shajaraga koʻra, badaviy qabilalari ikkita asosiy guruhga boʻlingan: Janubiy Arabiston, yaʼni Yaman qabilalari (banu Tayy, banu Hamdon, banu Mazhij, banu Omil, banu Juzam, banu Laxm, banu Xassan, banu Kind, banu Azd, banu Xazraj, banu Ximyar va boshqa qabilalar) va Shimoliy Arabiston qabilalari (banu Qays, banu Sulaym, banu Gʻatafon, banu Hilol, banu Qushayr, banu Murra, banu Tamim, banu Asad, banu Abdulqays, banu Bakr, banu Tagʻlib va boshqa qabilalar). Badaviylarda bir necha oila (beshinchi avlodgacha) birikib ahlni (bayt, faxa, xomula), koʻp sonli oila urugʻni (batn, firqa, oshira), urugʻlar esa qabilalarni tashkil etadi. Rivojlanib kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar badaviylar hayotiga ham taʼsir qilib bormoqda, bu qabilalar tobora oʻtroqlashmoqda. Badviylar oʻrtasida urugʻqabilachilik munosabatlari hozirgi ham bir qadar saqlanib qolgan. Badaviylar asosan chorvachilik (tuyachilik, ayniqsa, yilqichilik va qoʻychilik), ovchilik va kirakashlik bilan shugʻullanadi. Yoʻlovchi savdogarlardan olinadigan boj ham Badaviylarning tirikchilik manbalaridan biri hisoblanadi (qarang Arablar).

Usmoniylar davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli davlatlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arabiston yarimoroli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shom mamlakatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Afrika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabilalar va tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Algeria - People Groups. Bedouin Chaamba, Bedouin Dui-Menia, Bedouin Laguat, Bedouin Nail, Bedouin Sidi, Bedouin Suafa, Bedouin Tajakant, Bedouin Ziban“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  2. „Arab, Bedouin in Saudi Arabia“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  3. „Libya - People Groups. Bedouin Fezzan, Bedouin Kufra, Bedouin Riyah, Bedouin Sanusi, Bedouin Sirtican“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  4. „Bedouin, Eastern Bedawi in Egypt“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  5. „Arab, Bedouin in Jordan“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  6. „Bedouin, Gulf in United Arab Emirates“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  7. „Morocco - People Groups. Bedouin Yahia & Bedouin Gil“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  8. „Tunisia - People Groups. Bedouin Arad, Bedouin Jerid & Bedouin Gafsa“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  9. „Bedouin in Israel“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  10. Ben Solomon, Ariel. „Saudi Arabia to aid Jordan with Syrian refugees“ (2013-yil 14-yanvar). 2018-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-oktyabr.
  11. „KSA sets up 5,000 tents for Syrian refugees“ (2013-yil 6-avgust). 2017-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-oktyabr.
  12. „Bedouin, Levantine in Lebanon“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  13. „Bedouin, Levantine in West Bank/Gaza“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  14. „Western Sahara - People Groups. Bedouin Arosien & Bedouin Tajakant“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  15. Suwaed, Muhammad. Historical Dictionary of the Bedouins. Rowman & Littlefield, 2015 — 7-bet. ISBN 9781442254510. Qaraldi: 2019-yil 23-fevral. 
  16. (unspecified title)
  17. (unspecified title)
  18. „Badaviylar — Isroilning tan olinmagan fuqarolari“ (deadlink). 2011-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-yanvar.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil