Eduard Regel
Eduard Lyudvigovich Regel | |
---|---|
Eduard August von Regel | |
Tavalludi |
13-avgust 1815-yil |
Vafoti |
27-aprel 1892-yil (76 yoshda) Sankt-Peterburg Rossiya imperiyasi |
Kasbi | falsafa doktori, botanik va bogʻdorchilik boʻyicha olim |
Eduard Lyudvigovich (Eduard Avgust) Regel (nemischa: Eduard August von Regel , 1815 - 1892) — falsafa doktori, botanik va bogʻdorchilik boʻyicha olim. Asli kelib chiqishi olmoniyalik. Peterburg fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, Maxfiy maslahatchi (1887-yildan) boʻlib ham ishlagan.
Sharqiy Sibir, Oʻrta Osiyo, Saxalin, Ussuri oʻlkasi oʻsimlik dunyosi boʻyicha koʻplab tadqiqotlar muallifi. Unda 1000 dan ortiq[1] oʻsimlik turlarini ifodalab bergan, Piyoz (Allium), Lola (Tulipa), Gʻoz piyoz (Gagea), Qayin (Betula) va boshqa turkumlarning tizimi boʻyicha qoʻlyozmalar chop etgan. Regel birinchilardan boʻlib rus sayyohlari tomonidan toʻplangan va olib kelgan kolleksiyalar boʻyicha Turkiston oʻsimlik dunyosining tizimini oʻrganishni boshlagan.
Eduard deyarli 37 yil mobaynida (1855—1892) Sankt-Peterburgdagi Imperator botanika bogʻi oddiy xodim, 1875-yildan[1] umrining poyonigacha Sankt-Peterburgdagi Imperator botanika bogʻining direktori boʻlgan.
Uning otasi 4 ta farzandni Albert Regel, Arnold Regel, Andreas Regel va Robert Regellarning tarbiyalab voyaga yetkazdi.
Ilm-fanga yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Gotika gimnaziyasida oʻqigan va oʻsha paytda boʻsh vaqtlarini bogʻdorchilik bilan shugʻullanishda oʻtkazgan va keyinchalik butun umrini bagʻishlagan.
1832—1837-yillarda Gyottingen botanika bogʻida erkin tinglovchi sifatida professor F.Bartling qoʻl ostida botanikani oʻzlashtirgan.
Keyin u Bonn va Berlin botanika bogʻlarida ishlab, oʻqishini davom ettirdi. Oʻsha paytda yozgan „Bogʻdorchilik ishlarining fiziologik izohi“ asari unga sharafli shuhrat va Syurix botanika bogʻida bosh bogʻbon (1842) boʻlib ishlash imkoniyati tugʻiladi. Bu yerda u fan doktori ilmiy darajasini oladi va mahalliy universitetda ma’ruza qiladi.
Regel 1852-yilda Gartenflora botanika jurnaliga asos soladi va unda yangi oʻsimlik turlarini ifodalovchi koʻpgina ishlarini chop etadi. O.Xeyer bilan birgalikda u Shveysariya qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilik jurnalini (nemischa: Schweizerische Zeitschrift für Land und Gartenbau ).
Eduard Rgel 1855-yilning kuzida Sankt-Peterburgga keladi va Imperator botanika bogʻida щz faoliyatini olib boradi, 1875-yilda esa u ilmiy direktor oʻrnini egallaydi. Regel Yevropaning eng yaxshi bogʻlaridan birini botanika bogʻini koʻklarga koʻtaradi, balki Rossiya bogʻdorchiligiga ham katta hissa qoʻshadi. 1871-yilda oʻsha paytda bosh botanik sifatida Botanika bogʻining topshirigʻi bilan Regel xorijiy botanika bogʻlari tajribasini oʻrganish, shuningdek, oʻsimliklarning yangi turini sotib olish uchun Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga uzoq muddatga safarband qilinadi. U Germaniya, Angliya, Belgiya, Fransiya, Avstriya, Shveysariya va Italiyada boʻlib, botanika ekskursiyalarida 240 turdagi oʻsimliklarni toʻplaydi va asosan bogʻ uchun 980 ta yangi boʻlgan turini almashadi, sotib oladi[2].
U asos solgan: bogʻ qoshida botanika muzeyi va laboratoriyasi, mevali va manzarali daraxtlar va butalarni iqlimlashtirishni maqsad qilgan Sankt-Peterburgdagi iqlimlashtirish bogʻi, u vise-prezident boʻlgan Imperator Rossiya bogʻdorchilik jamiyati, bir nechta maxsus oʻzi tahrir qilgan bogʻdorchilik ishi boʻyicha jurnallarini kiritish mumkin.
1872—1874-yillarda Regel loyihasi boʻyicha va uning rahbarligida Sankt-Peterburgda Admiral bogʻi barpo etiladi[3].
Uning bogʻdorchilik ishlari Valaam igumen Damaskin koʻp yillik qaydnomalarida saqlangan. Regel 1856-yilda Valaamga sovuqqa chidamli Sibir olma daraxtining (Sibirka) 45 ta koʻchatini olib keladi. U bir necha bor monastirdan Sankt-Peterburgga yuborilgan olma va oʻsimlik navlarini aniqlashga yordam beradi. Monastir qirgʻoq aholisi bilan koʻchatlarni baham koʻrdi. Shu sababli, qadimgi Finlandiyada ilgari mavjud boʻlmagan bunday oʻsimlik madaniyatlari paydo boʻldi. Sabzavotlar rohiblar ovqatlanishining asosini tashkil etdi va bogʻdorchilik Valaamda yaxshi rivojlanadi. May oyi boshida tarvuz va qovun, keyin sabzi, lavlagi, karam, bodring ekiladi. Noʻxat iyun oyining oʻrtalarida, tarvuz va qovunlar biroz kechroq yigʻib olindi. Avgust oyining boshida - piyoz va sarimsoq, sentyabrda navbat kartoshk aga, oktyabrda - karam hosili olindi. Finlandiya va Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan bogʻdorchilik, mevachilik va polizchilik koʻrgazmalarida monastir taqdim etilgan meva va sabzavotlar uchun bir nechta kumush va bitta oltin medallar bilan taqdirlanadi[4].
E.L.Regel Sankt-Peterburgdagi Yekaterinin maydonini (hozirgi Ostrovskiy maydoni) qayta qurishning dendrologik qismini ishlab chiqadi (1873-1880, me’mor D. I. Grimm)[5].
Botanika bogʻi hududida yashaydi va Smolen rohiblar qabristoniga dafn etiladi[6].
Chop etilgan ilmiy maqolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]E. L. Regel botanika va bogʻdorchilikning turli masalalari boʻyicha kamida 500 ta insho, maqola va eslatmalar yozgan.
- Allgemeines Gartenbuch, Zürich, 1855, 1868. (olm.)
- Monographia Betulacearum…, 1861. (лат.)
- Tentamen florae ussuriensis, 1861. (лат.)
- Русская помология, или описание признаков и способ разведения сортов плодовых растений…, ч. 1—2, СПб., 1868.
- Animandversiones de Plantis vivis nonnullis Horti Botanici Imperialis Petropolitani // Тр. Имп. С.-Петерб. бот. сада. — 1871—1872.
- Revisio specierum Crataegorum, Dracaenarum, Horkeliarum, Laricum et Azalearum // Тр. Имп. С.-Петерб. бот. сада. — 1871—1872.
- Plantae a Burmeistero prope Uralsk collectae // Тр. Имп. С.-Петерб. бот. сада. — 1872.
- Путеводитель по Императорскому С.-Петербургскому ботаническому саду. СПб.: Типогр. В. В. Пратс, 1873.
- Alliorum adhuc cognitorum monographia, 1875. (лат.)
- Содержание и воспитание растений в комнатах, ч. 1—2, 7-е изд, 1898—1904.
- Русская дендрология, или перечисление и описание древесных пород и многолетних вьющихся растений…, вып. 1—2, 2-е изд, СПб., 1883—1889.
- Однолетние и двухлетние цветущие растения…, 3-е изд, СПб., 1885.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Регель, Эдуард Людвигович“, Большая русская биографическая энциклопедия (электронное издание), Версия 3.0, М.: Бизнессофт, ИДДК, 2007.
- ↑ Отчет Главного ботаника Императорского С.-Петербургского Ботанического сада, статского советника Регеля по заграничной его командировке в Англию, Бельгию, Германию, Австрию и Италию // Тр. Имп. С.-Петерб. бот. сада. — 1872. — Т. I, вып. II. — С. 197—220.
- ↑ Энциклопедия Санкт-Петербург — Регель Э. (Wayback Machine saytida 1-noyabr 2022-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Родченко А. Г. „Гл. 2. Диалог культур: монашество и мир“, . Культура Валаамского монастыря в середине XIX века, СПб., 2003.
- ↑ Энциклопедия Санкт-Петербург — Екатерининский сквер (Wayback Machine saytida 1-noyabr 2022-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Могила на плане кладбища (№ 21) // „Отдел IV“, Весь Петербург на 1914 год, адресная и справочная книга г. С.-Петербурга. СПб.: Товарищество А. С. Суворина – «Новое время», 1914. ISBN 5-94030-052-9.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Регель Эдуард Людвигович“, Список гражданским чинам первых трех классов. Исправлен по 1-е февраля 1890 года. СПб.: Типография Правительствующего сената, 1890 — 515—516-bet.
- Регель Р. Э. „Регель Эдуард Людвигович“, . Императорский Санкт-Петербургский ботанический сад за 200 лет его существования (1713—1913), ч. 3. Юбилейное изд. Пг.: Тип. «Дело», 1913 (1915) — 128—132-bet.
- Камелин Р. В. Э. Л. Регель // Швейцарцы в Петербурге : Сб. ст.. — СПб., 2002. — С. 309—315.
- Родионенко Г. И. Эдуард Регель // Цветоводство : Журнал. — 1986. — № 2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Регель, Эдуард Август // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907. (Дата обращения: 25 октября 2009)
- „Регель, Эдуард Людвигович“, Большая русская биографическая энциклопедия (электронное издание), Версия 3.0, М.: Бизнессофт, ИДДК, 2007. в Большой биографической энциклопедии (Дата обращения: 25 октября 2009)
- Профиль Эдуарда Людвиговича Регеля на официальном сайте РАН