Mitoxondriya
Eukaryotik hujayra organellalari:
|
Mitoxondriya (yun. mitos - ip, chondrios — donacha) — eukariot hujayralar organoidi. Mitoxondriya ikki qavat membrana bilan oʻralgan; ichki membranasi kristalar (burmalar) hosil qiladi. Mitoxondriyaning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks deyiladi. Hujayrada Mitoxondriya soni bir nechtadan mingtagacha yetadi. Mitoxondriyaning asosiy funk-siyasi energiya hosil qilishdan iborat. Mitoxondriya energiyasi manbai biologik oksidlanish boʻlib, unda glikolizda hosil boʻlgan pirouzum kislota mitoxondriya matriksida SO2 va N2O gacha parchalanadi. Bu jarayon murakkab kimyoviy reaksi-yalardan iborat. Uning 1-bosqichida piruvat parchalanadi va uchkarbon kislotalar sikli amalga oshadi; 2-bosq-ichda elektronlar tashiladi va ATF sintezlanadi.
Mitoxondriya matriksida DNK, RNK, ribosomalar va oqsil sintezida qatnashuvchi fermentlar mavjud boʻlgani tufayli oʻz oqsillarining bir qismi sintezlanadi. Shuning uchun Mitoxondriyani yarim avto-nom organoid deyiladi. Mitoxondri-yalar simbiogenez gipotezasiga binoan, aerob bakteriyalardan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Mitoxondriya boʻlinish orqali koʻpayadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |