Kontent qismiga oʻtish

Niagara sharsharasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sharshara majmuasi koʻrinishi (chapda – „Amerika“ va „Fata“, oʻngda – „Taqa“)

Niagara sharsharasi – Shimoliy Amerikadagi sharshara majmuasi. Uch sharsharadan – „Taqa“ (inglizcha: Horseshoe Falls) („Kanada sharsharasi“ (inglizcha: Canadian Falls) deb ham nomlanadi), „Amerika sharsharasi“ (inglizcha: American Falls) hamda „Fata“ (inglizcha: Bridal Veil Falls) sharsharalaridan iborat. Eri va Ontario koʻllarini birlashtirib turuvchi Niagara daryosida.

Niagara sharsharasi bundan 8—9 ming yil oldin dolomitli ohaktosh va gilli slanetslardan tuzilgan jarlikda hosil boʻlgan. Niagara sharsharasi orol bilan ikki qismga (chap tomonda – Kanada hududidagisining kengligi 800 m, balandligi 48 m, oʻng tomonda – AQSH hududidagisining kengligi 300 m, balandligi 51 m) boʻlingan. Yirik GES qurilgan. Niagara sharsharasi yonidan, Kanada tarafida, kema qatnaydigan kanal qazilgan. Turistlar koʻp keladi.