Kontent qismiga oʻtish

Piaje Jan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

PIAJE (Piaget) Jan (1896.8.8, Nevshatel — 1980.16.9. Jeneva) — shveysar psixologi. Intellektning operatsional konsepsiyasi va genetik epistemologiyani yaratgan. Nevshatel (1926—29), Jeneva (1929-yildan), Lozanna (1937—54) universitetlari professor Parijdagi Xalqaro genetik epistemologiya markazi (1955) asoschisi. P. bolalar psixologiyasi, ayniqsa, ularning aqliy tarakqiyotini oʻrganish soxasida ilmiy maktab yaratdi ("Bolaning nutki va tafakkuri" asari, 1923). P. ishlab chiqkan intellektning operatsional konsepsiyasiga koʻra, psixika in-dividning muhitga moslashuvi doira-sida namoyon boʻladi va rivojlanadi. Subʼyekt bilan obyekt muvozanatlashuvining oliy shakli operatsional strukturalarning hosil boʻlishidir. Operatsional struktura, P. fikricha, subʼyektning "ichki harakati" boʻlib, bu harakat genetik jihatdan tashqi, predmet taʼsiridan kelib chikadi va boshqa harakatlar bilan muayyan sistema boʻlib birlashadi. Operatsional konsepsiya asosida P. idrok, hissiyot va boshqa psixik funksiyalarni taxlil qildi. P. tafakkur psixologiyasi, psixologiya va mantiqning oʻzaro munosabati masalalarini ishlab chiqishga katta hissa koʻshgan. Muhim asarlari: "Oddiy mantiqiy strukturalar genezisi" (1939—41), "Intellekt psixologiyasi" (1946), "Eksperimental psixologiya" (P.Fress bilan birgalikda).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil