Poni otlari
Poni (inglizcha: pony, ponaidh „kichik ot“) – uy otining pakana turi [1]. Xususiyati – kalta boʻyli (80-140 sm), kuchli boʻyin, qisqa oyoqlar, chidamliligi bilan boshqa otlardan ajralib turadi. Ponilar Yevropa qitasidagi orollarda (Britaniya, Islandiya, Sitsiliya, Korsika, Gotland, Xokkaydo) yetishtiriladigan har-xil zotlardan iborat.
Rossiyada Uels, Shotlandiya, Islandiya, Falabella va Amerikaning miniatyura zotli otlari odatda poni deb ataladi. Rus lugʻaviy adabiyotida „poni“ tushunchasi balandligi 100-110 sm va undan past boʻlgan otlarni bildirgan, garchi yuqoridagi zotlardan baʼzi otlar ancha baland boʻlsa ham. Dunyoda ponilarning balandligi har-xil: Germaniyada ular 120 sm gacha va undan pastroq, Angliyada – 147,3 sm gacha[2].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi ponilar Yevropaning orollarida, Skandinaviyaning shimolida va „Camargue“(Fransiya janubidagi Rone Deltasidagi orollar) qoʻriqxonasining hozirgi hududida paydo boʻlgan deb hisoblablab kelinmoqda. Atlantika okeanining doimiy nam shamollari va toshli orollari hamda oʻtlashi uchun qulay boʻlgan oʻsimliklari mavjud sharoitda kuchli, past boʻyli, oddiy otlarning zoti shakllangan.
Aynan Fransiyaning janubida eng qadimgi - solutre deb nomlanuvchi otlar turi topilgan. Bu juda qadimiy ot zotlarining toʻgʻridan-toʻgʻri avlodlari boʻlgan zamonaviy ponilar hali ham „ibtidoiy otlar“ deb tasniflanadi.
Bugungi kunga qadar 20 ga yaqin chavandoz poni zotlari (Shotlandiya, Uels, Islandiya, Xokkaydo) yetishtiriladi[3].Yevropada, ponilar otning yovvoyi turidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi (lotincha: Equus caballus) [1].
Foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poni bolalar uchun maxsus ot degan fikr bor. Biroq, dastlab ponilar yetishtirilgan va maʼlum kichik hajmli ishlarni bajarish uchun ishlatilgan. Eng mashur poni oti bu – Shotlandiya ponisidir. U oʻz nomini Shotlandiyaning shimoli-sharqida joylashgan Shotland orollaridan oladi. Boʻyi 102-107 sm dan oshmaydigan bu qalin va kalta oyoqli otlarni koʻpincha hayvonot bogʻlari, bogʻlar, ot ijarasi va maktablarda, maxsus tadbirlarda koʻrish mumkin.
Shotland ponisi oʻzining baquvvatligi bilan mashhurdir (miniatyura zotiga nisbatan). U oʻz ogʻirligidan yigirma barobar koʻp yuk koʻtara oladi. Ilgari, u yer ostidagi koʻmir va ruda qazib olishda ishlatilgan. Deyarli 16 000 Shotland poniyalari faqat Angliyada ishlagan. Yiliga 3000 soat davomida ponilar ogʻir yuklangan vagonchalarni tortib, yiliga 3000 tonnagacha yuk olib, deyarli 5000 km masofaga toshib chiqqan. Koʻplab ponilar yillar davomida yer ostida ishladilar, quyosh nurini koʻrmadilar, yer yuzasiga zoʻrgʻa koʻtarilardilar, koʻmir changidan nafas oldilar.
Zotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shotland ponisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shotland ponisi – juda oʻynoqi ot, dunyodagi eng kichik zotlardan biri. U Atlantika okeanining Shotland orollarida bir ming yildan koʻproq vaqt oldin shakllangan. Balandligi 65 smdan 110 smgacha, ular qisqa qalin oyoqlari, katta boshi, keng tanasi, qalin sochlari va uzun yashil dumlariga ega. Shotland ponilari dunyo boʻylab katta shuhrat qozondi. Ponilar otlar kabi ot sportining har xil turlarida – tezkor poygalarda, toʻsiqlardan yugurishda, sakrashda qatnashadilar. Ikkita poni hattoki Olimpiya oʻyinlarida ham qatnashgan: „Littl“ laqabli poni 1960-yilda Rimda boʻlib oʻtgan Olimpiyada oʻyinlarida va Stroller laqabli poni hatto 1968-yilda Mexiko shahrida oʻtkazilgan oʻyinlarda sakrash musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu otlarning balandligi 145 sm dan oshmaydi, ular Connemara poniyalaridan kelib chiqqan[4].
Ponilar turli xil ranglarda boʻladi, lekin koʻpincha Shotland ponilari asosiy foni qora boʻlsa, yaʼni otning asosiy rangi qora boʻlsa va uning belida oq dogʻlar tarqalgan boʻlsa, qora-piebald deb ataladi. Qizil boʻlsa – qizil-piebald deb ataladi. Koʻpincha qora va och kulrang poniyalar mavjud.
Ponilar odatdagi biz bilgan otlarga qaraganda koʻproq yashaydi. Poni uchun maksimal umr koʻrish 45-54 yil[5].
Shotlandiya ponisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shotlandiya ponisi nomi (togʻli poni, garron) – kelib chiqqan joy nomidan olingan. Bu zotning uchta turi ajralib turadi va koʻproq songa ega:
122-132 sm balandlikdagi kichik poniyalar,
miniladigan Shotlandiya ponilari – balandligi 132-140 sm;
va eng katta Mailland poniyalari 142-147 sm balandlikda boʻladi.
Uels ponisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uels ponisi – Yuliy Sezar davridan beri maʼlum boʻlgan zotdir. Hozirgi vaqtda bu zotlarda uchta tur ajralib turadi:
Uels togʻ ponisi – eng kichik otlar, 122 sm dan yuqori boʻlmagan;
oʻrta turi 110-136 sm balandlikda,
ot polosini oʻynash uchun „Uels kobi“ ponisi, 137 dan 159 sm gacha.
Otlarning oxirgi turi zotli chavandozlar va arab aygʻirlarining qoʻshilishi natijasida paydo boʻlgan.
Eksmur ponisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eksmur ponisi (baʼzan kelt ponilari deb ataladi) 114-125 sm boʻlgan mayda otlarning yarim yovvoyi, qadimiy zotidir. U Eksmur va Devonda yetishtiriladi. Bu zotdagi otlarning dafna va jigarrang ranglarining oʻziga xos xususiyati burun teshigining oʻzgachaligi – inglizlar aytganidek, „joʻxori unidagi ogʻiz“ hisoblanadi.
Falabella
[tahrir | manbasini tahrirlash]Falabella dunyodagi barcha poniyalarning eng kichigi: 50-75 sm. U XX asrning oʻrtalarida Argentinada fermer Giulio Sezar Falabella tomonidan yetishtirilgan. Albatta, bunday ponilar minish uchun mos emas, lekin bu zotning bir juft otlari tomonidan tortilgan kichik aravalarda yurish hatto, kattalar uchun ham zavq bagʻishlaydi. Amerika miniatyura zoti bu zotning parametrlariga juda yaqin.
Islandiya ponisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islandiya ponisi – universal zot boʻlib, nasli toza oʻstirilgan (Islandiyada otlarni qitʼadan orolga olib kirish taqiqlanadi). Maksimal balandlik – 137 sm, minimal – 100 sm va undan past. Asosiy ranglari asosan qora va dafna, kamroq – bukskin (sariq-oltin yoki qumrang), sichqoncha rang (kul rangli).
Klas-poni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klas-ponii – bu miniladigan turdagi otlar guruhining nomi. Klas-poni boʻyi 147 sm gacha. Anglo-irland, amerika, xitoy va boshqa Klas-ponilari mavjud.
Buyuk Britaniya ponilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Britaniyalik otliq ponilar – mayda zotli otliqlar bilan poni aygʻirlari yoki Uels yoki Dartmur toychoqlari va oʻrta boʻyli zotdor otliqlarning avlodlari aralashuvi mahsulidir. Ot miniladigan ponilarning boʻyi 145-147 sm gacha boʻlib, ular bolalar ot sportida va shoularda qoʻllanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Bennett 1998.
- ↑ "PONY MEASUREMENT 2007 30 January 2007 " Explanation of Article 3103.1, FInternational Federation for Equestrian Sport Web site, Accessed October 7, 2009 (Wayback Machine saytida 26-iyul 2011-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Owlet, Lorna and Phlip Mathews, Ponies in Australia, Milsons Point: 1979
- ↑ Sponenberg, D. Phillip „The Proliferation of Horse Breeds“, . Horses Through Time, First, Boulder, CO: Roberts Rinehart Publishers, 1996 — 155, 170–173-bet. ISBN 1-57098-060-8. OCLC 36179575.
- ↑ Anthony, David W.. The Horse, the Wheel, and Language: How Bronze-Age Riders from the Eurasian Steppes Shaped the Modern World. Princeton, NJ: Princeton University Press, 2007 — 196–197, 202-bet. ISBN 978-0-691-05887-0.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Livanova T. K., Livanova M. A.. Vsyo o loshadi. – M.: AST-PRYeSS SKD, 2002. – 384 s.: il. – (seriya „1000 sovetov“)
- Deb Bennett. Conquerors: The Roots of New World Horsemanship. Solvang, CA: Amigo Publications, Inc., 1998. ISBN 9780965853309. (Inglizcha)