Kontent qismiga oʻtish

Radioteleskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radioteleskop (radio va teleskop) — Osmon (Quyosh sistemasi, Galaktika va Metagalaktikadagi) jismlarining xususiy radio nurlanishlarini qabul qiladigan va bu manbalarning xossalarini oʻrganadigan astronomik asbob. Radioteleskop antenna va kabul qiluvchi qurilma radiometrdan tuzilgan. Radio astronomiyada foydalaniladigan toʻlqin uzunliklari diapazoni juda keng (0,1mm dan 1000 m gacha) boʻlgani tufayli radioteleskop antennalarining tuzilishi ham turli tuman boʻladi. Antennalar osmonning kuzatiladigan sohasiga yoʻnaltirilishi uchun azimut boʻylab buriladigan (toʻla buriluvchi antennalar), qisman buriladigan yoki qoʻzgʻalmas (juda katta) qilib oʻrnatilishi mumkin. Qisqa toʻlqinli nurlanishlarda parabolik koʻzgu antennalar yoki ularning bir nechtasidan iborat tizimlar (panjaralar) dan foydalaniladi. Priyomnikda kuchaytirilgan va detektirlangan elektr tebranishlar maxsus asboblar (miliampermetr, ossillograf) bilan qayd qilib boriladi. Bunda asbob koʻrsatishi Yerga tushayotgan kosmik radionurlanishning qiymatini oʻlchashga imkon beradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil