Rejalashtirilgan eskirish
Rejalashtirilgan eskirish deb biror mahsulotni maʼlum vaqtdan soʻng buzuq yoki qiymati yoʻqoladigan qilib rejalashtirib, ishlab chiqarishga aytiladi.[1] Bundan maqsad xaridorni yana oʻsha mahsulotni yoki uning ehtiyot qismini sotib olishga undash, shunday qilib ishlab chiqaruvchiga daromad keltirishdir.
Rejalashtirilgan eskirish ommaviy ishlab chiqarish endi kuchga kirgandayoq namoyon boʻlgan. Bu fenomenga 1932-yili Bernard London'ning "Rejalashtirilgan eskirish orqali boʻhronni yengish" maqolasida nom berilgan.[2] Iqtisodiy tarafdan, rejalashtirilgan eskirishdan ayniqsa monopolist yutadi.[3]
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rejalashtirilgan eskirish turli sanoat sohalariga oid boʻlishi mumkin. Masalan, batareyalar, yoritish lampalari atayin koʻpga chidamaydigan qilib yasalishi; kiyim-kechak bir necha yuvishdan keyin rangini yoʻqotib, ohori toʻkiladigan qilib tikilishi; avtomobil ehtiyot qismi tez buziladigan qilib ishlab chiqarilishi mumkin. Baʼzilar hatto kiyimlar modasi sanoatidan maqsad — rejalashtirilgan eskirish, ham deyishadi.[4]
Tanqidi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahsulot eskirishi rejalashtirilgan boʻlmasligi ham mumkin. Har qanday mahsulot vaqt oʻtishi bilan atrof-muhit taʼsiri ostida eskirib, ishga yoki isteʼmolga yaroqsiz boʻlib qolishi tabiiy. Ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari — ular biologik taʼsirlar, mikroorganizmlar tufayli eskirib, isteʼmol qilib boʻlmaydigan ahvolga keladi. Yoki metall mahsulotlar oksidlanib, zang bosishi, sinishi mumkin, bunda ishlab chiqaruvchini ayblab boʻlmaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Computer Electronics : Blu-Ray“. ComputerInfoWeb.com (2008). 2007-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2007-11-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ Consumer Society Is Made To Break, 2012-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-14
- ↑ The Durapolist Puzzle: Monopoly Power in Durable-Goods Market
- ↑ Planned Obsolescence: A Plan Or A Plot by Tom Egelhoff
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Five products designed to fail early (Wayback Machine saytida 2011-09-03 sanasida arxivlangan), green.yahoo.com