Kontent qismiga oʻtish

Sadaqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sadaqa (arab. – xayrehson) – miskin, bechorahol, qashshoq va muhtoj kishilarga beriladigan majburiy yoki ixtiyoriy xayr-ehson. Sadaqaning majburiy turiga zakot, xiroj, ushr, fitr, kaforat, ixtiyoriy turiga xudoyi, toʻy, ziyofatlar, xayriya tashkilotlariga, jamgʻarmalarga beriladigan moddiy harajatlar kiradi. Odatda, sadaqa deganda faqat muhtojlarga, gadolarga beriladigan narsa tushuniladi. Lekin diniy istilohda sadaqa xayr-ehsonning barcha turlari uchun qoʻllanilaveradi. Islomda sadaqa qilishga koʻp targʻibot qilinadi. Uning savobi, fazilati va foydasi toʻgʻrisida Qurʼon va hadislarda taʼkidlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil