Sidney
Sidney, Sidni — Avstraliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, PortJekson qoʻltigʻining har ikki sohilida. Mamlakatning savdomoliya markazi. Yangi Janubiy Uels shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 4,04 mln. kishi (1999), aholi soni boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Mamlakatning yirik iqtisodiy markazi, bosh porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport, elektrotexnika mashinasozligi, radioelektronika, kora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, poligrafiya, oziq-ovqat, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Sanoat korxonalari, asosan, qoʻltiqdan shimolida va shahar atroflarida, moliyaviy muassasalar esa janubida joylashgan. Qoʻltiqning har ikki sohili ravoqli koʻprik (uz. 2 km) orqali bogʻlangan. Metropoliten qurilgan. Universitet (1850), konservatoriya, rasadxona, kutubxonalar, Avstraliya, geologiya, amaliy sanʼat muzeylari, badiiy galereya, opera va boshqa teatrlar, hayvonot bogʻi bor. Shaharga 1788-yilda inglizlar tomonidan asos solingan va Angliya ichki ishlar vaziri nomi bilan Sidni deb atalgan.[1]
Sidney, Sidni — Avstraliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, PortJekson qoʻltigʻining har ikki sohilida. Mamlakatning savdomoliya markazi. Yangi Janubiy Uels shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 4,04 mln. kishi (1999), aholi soni boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Mamlakatning yirik iqtisodiy markazi, bosh porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport, elektrotexnika mashinasozligi, radioelektronika, kora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, poligrafiya, oziq-ovqat, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Sanoat korxonalari, asosan, qoʻltiqdan shimolida va shahar atroflarida, moliyaviy muassasalar esa janubida joylashgan. Qoʻltiqning har ikki sohili ravoqli koʻprik (uz. 2 km) orqali bogʻlangan. Metropoliten qurilgan. Universitet (1850), konservatoriya, rasadxona, kutubxonalar, Avstraliya, geol., amaliy sanʼat muzeylari, badiiy galereya, opera va boshqa teatrlar, hayvonot bogʻi bor. Shaharga 1788-yilda inglizlar tomonidan asos solingan va Angliya ichki ishlar vaziri nomi bilan Sidni deb atalgan.[2]Sydney | |||
---|---|---|---|
| |||
Tashkil qilinishi | 1788 | ||
Shtat | Yangi Janubiy Uels | ||
Maydon | 12144.6 km² | ||
Aholi Zichlik |
4,119,190 (2006) 345.7 kishi/km² | ||
Ona tillari | Inglizcha | ||
Shahar hokimi | Clover Moore | ||
Web sayti | www.cityofsydney.nsw.gov.au |
Sidney (IPA: [ˈsɪdniː]) Avstraliyaning eng katta shahridir (aholisi taxminan 4.12 million[3]). Sidney Yangi Janubiy Uels shtatining poytaxtidir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „2006 Census QuickStats : Sydney (Statistical Division)“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 5-dekabr.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |