Kontent qismiga oʻtish

Stefan Kuntz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Stefan Kuntz
Kuntz 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Stefan Kuntz[1]
Tavallud sanasi 30-oktyabr 1962-yil (1962-10-30) (62 yosh)
Tavallud joyi Neunkirchen, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turkey (bosh murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1970-1981 Borussia Neunkirchen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980-1983 Borussia Neunkirchen 89 (28)
1983-1986 VfL Bochum 100 (41)
1986-1989 Bayer 05 Uerdingen 94 (32)
1989-1995 1. FC Kaiserslautern 170 (75)
1995-1996 Beşiktaş 30 (9)
1996-1998 Arminia Bielefeld 65 (25)
1998-1999 VfL Bochum 20 (6)
2002-2003 SV Furpach 22 (22)
2004-2005 FC Palatia Limbach 10 (1)
Milliy terma jamoa
1983-1985 West Germany U-21 4 (3)
1986 West Germany B 1 (2)
1993-1997 Germany 25 (6)
Boshqargan klublari
1999-2000 Borussia Neunkirchen
2000-2002 Karlsruher SC
2003 Waldhof Mannheim
2003 LR Ahlen
2016-2021 Germany U21
2021 Germany U23
2021- Turkey
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Stefan Kuntz (1962-yil 30-oktabrda tugʻilgan) — nemis professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Kuntz 1993—1997-yillar oraligʻida Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Germaniya terma jamoasi bilan1994-yilgi FIFA Jahon kubogi chorak finaliga chiqqan va UEFA Euro 1996 gʻolibi boʻlgan. U 25 ta oʻyinda 6 ta gol urgan. Shu jumladan, Euro-1996 yarim finalida Angliyani magʻlub etgan oʻyinda jamosiga katta foyda keltirgan.

Klubdagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuntzning futbolchilik faoliyati 1983-yildan 1999-yilgacha davom etgan. U Bundesligada 449 ta oʻyinda maydonga tushib, 179 ta gol urgan.[2] Kuntz VfL Bochum, Bayer 05 Uerdingen, 1 FC Kaiserslautern va Arminia Bielefeld hamda Turkiyaning Beshiktosh JK jamolari uchun oʻynagan. 1986 va 1994-yillarda Kuntz Bundesligadagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.[3]

1995-yilda Kuntz vatandoshining iltimosiga binoan Turkiyaning „Beşiktaş“ jamoasiga oʻtdi.[4] Kuntz oʻzining Ligadagi debyutini 1995-yil 13-avgustda „Kayserispor“ga qarshi safar oʻyinida 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan.[5] 1995-yil 24-sentyabrda u oʻzining birinchi golini debyut oʻyindan 5-hafta oʻtib Istanbulspor"ga qarshi oʻz uyida 5:2 hisobida yakunlagan uchrashuvda kiritdi.[6]

Xalqaro darajadagi oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Euro-1996da Kuntz yarim finalda Angliya bilan 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda jamoasi uchun muhim rol oʻynadi. Oʻyinda Angliya oldinga chiqib olganidan keyin koʻp oʻtmay hisobni tenglashtirdi, shuningdek, penaltilar oʻyinida beshinchi penaltini u amalga oshirdi. Kuntz xalqaro oʻyinlardagi faoliyati davomida 25 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi.[7] Eng ahamiyatli jihati bu oʻyinlarning hech biri Germaniyaning magʻlubiyati bilan yakunlanmadi (20 gʻalaba, penaltilar seriyasidan keyin bitta gʻalaba va toʻrtta durang), bu magʻlubiyatsiz oʻyinlar boʻyicha Germaniya uchun rekorddir.[8]

Futbolchilikdan keyingi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yildan 2008-yilgacha Kuntz VfL Bochum klubining sport direktori boʻlgan. 2008-yildan 2016-yilgacha u 1. Kayzerslautern FKning boshqaruv kengashi raisi boʻlgan.

Germany U21 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida u ikki marta 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. 2017-yilda uning jamoasi finalda Ispaniyani 1:0 hisobida magʻlub etdi. 2021-yilda esa Germaniya xuddi shu hisobda Portugaliyani ham magʻlub etgan.[9]

2021-yil 19-sentabrda u Turkiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.[10]

Muvaffaqiyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaiserslautern

Germaniya safida

  • UEFA European Championship: 1996 

Individual tarzdagi muvaffaqiyatlari

  • Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 1991-yil 

Menejer sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germany U21

  • UEFA European Under-21 Championship: 2017, 2021; runner-up: 2019 

Boshqaruv statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
14-iyun, 2022-yil(2022-06-14) holatiga koʻra
Jamoa -dan -gacha Natija
G W D L Gʻalaba %
Borussia Neunkirchen 1999-yil, 18-noyabr 2000-yil, 30-iyun 22 15 5 068.18 68.18
Karlsruher SC 2000-yil, 1-iyul 2002-yil, 25-sentabr 79 30 29 037.97 37.97
Waldhof Mannheim 2003-yil, 3-aprel 2003-yil, 30-iyul 8 1 6 012.50 12.50
LR Ahlen 2003-yil, 1-iyul 2003-yil, 13-noyabr 13 4 8 030.77 30.77
Germany U21 2016-yil, 1-sentabr 2021-yil, 19-sentabr 53 38 8 071.70 71.70
Germany Olympic 2021-yil, 1-iyun 2021-yil, 7-avgust 3 1 1 033.33 33.33
Turkey 2021-yil, 19-sentabr hozirgacha 10 7 2 070.00 70.00
Jami 188 96 33 59 051.06

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Squad List: Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020: Germany (GER)“. FIFA (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  2. Arnhold. „Stefan Kuntz – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
  3. Arnhold. „(West) Germany – Top Scorers“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
  4. „Amatör Ruhla Oynayan Bir Alman: Stefan Kuntz“ (Tr). Beşiktaş J.K. (2016-yil 20-yanvar). 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr. „1995-96 sezonunda vatandaşı Christoph Daum'un isteği üzerine Beşiktaşımız'a transfer oldu. Siyah-beyaz formayla, ligdeki ilk golünü 24 Eylül 1995'de Beşiktaşımız'ın 5-2 kazandığı maçta İstanbulspor filelerine gönderdi.“.
  5. „Kayserispor – Beşiktaş Maç Detayları – TFF“ (Tr). Turkish Football Federation. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
  6. „Beşiktaş – Istanbulspor A.Ş. Maç Detayları – TFF“ (Tr). Turkish Football Federation. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
  7. Arnhold. „Stefan Kuntz – Goals in International Matches“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
  8. „Stürmer, Trainer, Manager – Die Stationen des Stefan Kuntz“ (de-DE). Süddeutsche Zeitung (2008-yil 7-aprel). 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  9. „Germany beat Portugal to win European U21 Championship“. Bundesliga (2021-yil 6-iyun). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  10. „Stefan Kuntz named new Turkey head coach“. tff.org (2021-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
  11. „Deutscher Supercup, 1991, Finale“. dfb.de (2014-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.
  • Stefan Kuntz at fussballdaten.de (in German)
  • Stefan Kuntz at WorldFootball.net
  • Stefan Kuntz National-Football-Teams.com saytida Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash