Kontent qismiga oʻtish

Toʻngʻizlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻngʻizlar, qobonlar yovvoyi choʻchqalar (Suidae) — kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar oilasi. Tumshugʻi uzun, uchi doyra shaklidagi yassi va tuksiz harakatchan togʻaydan iborat. Tanasidagi junlari siyrak, asosan, dagʻal qillardan iborat. Yuqori jagʻlaridagi qoziq tishlari yaxshi rivojlangan, uzun, yuqoriga qayrilgan. Oyoklari 4 barmoqli, yon barmoqlari (2 va 3 sm) kaltaroq boʻlib, yerga zoʻrgʻa tegib turadi. Oshqozoni oddiy. 5 urugʻi: T., soʻgalli T., babirussalar, tukquloq T., oʻrmon T. maʼlum. Keyingi 4 uruqka bittadan tur, birinchi uruqqa 3 tur; soʻgalli T. (Malakka yarim orolida), karlik T. (Himolayda) va yovvoyi T’. (Shimoliy Afrika va Yevrosiyoda) kiradi. Oʻzbekistonda T. tog oʻrmonlari va toʻqaylarda yashaydi.