Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Chetlashtirish qoidalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Chetlashtirish yoki bloklash administratorlar tomonidan foydalanuvchilarga Vikipediyada tahrirlashni taqiqlaydigan usuldir. Toʻsiqlar foydalanuvchi hisob qaydnomalari hamda IP-manzillariga qoʻllanilishi mumkin. Bloklangan foydalanuvchilar Vikipediyaga kirishni davom ettirishlari mumkin, ammo biron bir sahifani (shu jumladan oʻzlarining shaxsiy sahifalarini) tahrirlay olmaydilar. Koʻp hollarda, bloklangan foydalanuvchilar shaxsiy munozara sahifalarini tahrirlashlari mumkin boʻladi.