Xeyerdal Tur
Xeyerdal Tur [1914.6.10, Larvik – 2002.18.4, KollaMikeri qishlogʻi (Italiya)] – norveg etnografi va arxeologi, dengiz sayyohi, yozuvchi. Oslo universitetida oʻqigan (1933—37). X.ning ilk sayohati Polineziyadagi FatuXiva o.ga boʻlgan (1937-38). „KonTiki“ solida ekipaj bilan birgalikda Perudan Polineziyaga qadar Tinch okeanini kechib oʻtgan (1947). Bu sayohat uni butun dunyoga mashhur qilgan. 1969—70 yillarda „Ra“ papirus qayigʻida Afrikadan Markaziy Amerikadagi orollargacha borgan. 1977—78 yillarda qamishdan yasalgan „Tigris“ qayigʻida AlKurna (Iroq) – Hind daryosining quyilish yeri – Jibuti yoʻnalishi boʻyicha suzgan. Pasxa, Galapagos va Kanar o.larida arxeologik kazishma ishlari olib borgan. Buyuk sayyoh vikinglar haqidagi manbalarni tadqiq etish maqsadida 2001 yil Azov boʻyiga arxeologik ekspeditsiya uyushtirgan. Koʻplab ilmiyommabop asarlar muallifi. Asarlari: „KonTiki“da sayohat (1949), „AkuAku“ (1957), „Ra“ (1970), „FatuXiva“ (1975) va boshqa
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |