Xuroson-turkiy tili
Xuroson-turkiy tili | |
---|---|
Milliy nomi | Turkiy xurosoni |
Mamlakatlar | Eron |
Mintaqalar | Shimoliy Xuroson, Xuroson-Rezaviy |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1,000,000[1][2] kishi. (baholash, 1993) |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | |
Alifbosi | yozuvsiz |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | yoʻq |
ISO 639-2 | tut |
ISO 639-3 | kmz |
Xuroson-turkiy tili (turkiy xurosoní) — shimoli-sharqiy Eronning Xuroson viloyatidagi turkiyzabon xalqning tili.
Xuroson-turkiy tili oʻzbek tilining xorazm (oʻgʻuz) shevasi va turkman tiliga yaqin boʻlgan holda turkiy tillar oʻgʻuz guruhining sharqiy tarmogʻiga mansub tildir.[3] Tilshunoslar xuroson-turkiy tilini ozarbayjon va turkman tillarining, uning ham, buning ham shevasi boʻlmagan oraliq nutq deb hisoblaydilar..
Eronda xuroson-turkiy tilida Bojnurd, Sebzavor, Guchan va Mashhad shaharlari atrofida yashovchi taxminan 400 ming kishi soʻzlashadi.[4]
Bu tilda 9 unli va 24 undosh fonema mavjud. Soʻz shakllanishiga unli tovushlar uygʻunligi (singarmonizm) xosdir. 7 ta kelishik mavjud (birgalik kelishigiga kiritilgan -nan/-næn shakli boshqa oʻgʻuz tillaridagi «ot. + koʻmakchi ile/ilæ» formulasiga mos keladi). Feʼllar shaxslar, sonlar, vaqtlar, nisbatlar va turlar boʻyicha oʻzgaradi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Doerfer, G. & Hesche, W.1993. Chorasantürkisch, Wörterlisten, Kurzgrammatiken, İndices. (Turcologica 16.) Wiesbaden: Harrassowitz, pp. 7,14
- ↑ Encyclopædia Iranica :TURKIC LANGUAGES OF PERSIA: AN OVERVIEW
- ↑ Ulrich Ammon, Norbert Dittmar, Klaus J. Mattheier, Peter Trudgill „Central Asia and Mongolia“, . Sociolinguistics. Berlin: Walter de Gruyter, 2006. ISBN 3110184184.
- ↑ Boeschoten, H „The speakers of Turkic languages“, . The Turkic languages L. Johanson and É. Á. Csató (eds): . London: Routledge, 1998. ISBN 978-0-415-41261-2.