Kontent qismiga oʻtish

olov

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

o-lov

Aytilishi

[tahrirlash]
olov

Etimologiyasi

[tahrirlash]

OLOV Bu tojikcha ot olav tovush tarkibiga ega boʻlib (ТжРС, 285), oʻzbek tilida a tovushi o (â) tovushiga admashtirilgan; 'yonib turgan oʻt' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 534). Bu otdan oʻzbeq tilida olovlai-feʼli yasadgan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Yuqori haroratda yonib, nurla-nib turgan gaz, alanga, oʻt. ◆ Olov yoqmoq. Olov-ni oʻchirmoq. Qumgʻonni olovga qoʻymoq. Olov-ning tishi yoʻq, hoʻl-quruq bilan ishi yoʻq. Maqol .

2 Choʻgʻ. ◆ Tanchaning olovini oching, taqsir, badanimda qaltiroq turdi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ [Yoʻlchi] Bir qoʻlini qizning pe-shonasiga qoʻydi: -Naq olovday.. — dedi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

3 Issiqlik, harorat. ◆ Quyosh olovi. n ◆ Quyosh osmondan olov quyyapti. S. Ahmad, „Taʼzim“ . ◆ Huvillagan tunday yolgʻizlik qursin, Yolgʻiz chaqmoqtoshdan chiqmaydi olov. Ch. Ergash, „Orzuning ogʻir kipriklari“ . ◆ Yoʻlchi quyoshning olov selida choʻmilib, toʻnka kovlar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

4 koʻchma Gʻayrati ichiga sigʻmaydigan, yuragida oʻti bor, joʻshqin. ◆ Olov yigit. m ◆ Sinfning eng shoʻx, olov oʻquvchisi Sanjar boʻlsa, ogʻzini katta ochgancha, Oysha xolaga tikilib qoldi. S. Zunnunova, „Koʻk chiroqlar“ . ◆ Oʻziyam desangiz, otinoyisi, olov. Na bir qoʻrqishni biladi, na bir narsadan man tor-tishni. Sh. Toshmatov, „Erk qushi“ .

5 Joʻshqin tuygʻu, hissiyot. ◆ Shuncha tutqun boʻlishiga qaramasdan, bu qizning qalbiga muhabbat olovi allaqachon tushgan edi. S. Zunnunova, „Olov“ . ◆ Isfandiyorning injiq va xudbin koʻnglida oʻch olovi yonardi. S. Siyoyev, „Avaz“ .

Ikki olov orasida (yoki oʻrtasida) xolmok Juda mushkul ahvolda, nima qilarini bilmay qolmoq. ◆ Shoʻrlik asirlar ikki olov orasida qolgan edilar: chiqmay desalar, moʻgʻullar orqalaridan sanchar, chiqay desalar, mudofaachilarning oʻq va nayzasiga sanchilar edilar. M. Osim, „Oʻtror“ . Kesakdan olov chiq-qanday Gʻayrati yoʻq, loqayd odam kutil-magan bir ish qilganda aytiladigan ibora. Olov koʻzlar Charaqlab, yonib turgan koʻzlar. ◆ Yosh Hojiya olov koʻzlarini charaqlatib, Onaxonga tikilgan edi. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . Olov nafasli Soʻzi oʻtkir. ◆ Uayt-gan tollar qulapti, bosh tiqmoqchi boʻlgan maktab-maorif sohasiga tamoman yangi odamlar, olov nafasli yoshlar kelipti. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . Urush olovini yoqmoq Urush chiqarish uchun xalqlarni bir-biriga gijgijlamoq, urush chiqarmoq, urushni boshlab bermoq.

Sinonimlari

[tahrirlash]

otash, choʻgʻ, alanga

Antonimlari

[tahrirlash]

ОЛОВ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

olov

Tillar

[tahrirlash]

olov
1 огонь; // огненный; ◆ olov rang огненный цвет;
2 жар, пыл; ◆ quyosh olovi солнечный жар;
3 перен. огненный, пылкий, горячий; ◆ olov yigit горячий парень; ◆