Yandex qidiruv tizimidan foydalanish uchun litsenziya

Bu hujjat quyidagi manzilda joylashtirilgan hujjatning rus tiliga (o'zbek tiliga) tarjimasi bo‘lib hisoblanadi: https: //yandex.ru/legal/termsofuse, Mazkur hujjatning rus tilidagi versiyasi bilan ushbu tarjima orasida qarama-qarshiliklar bo‘lsa, faqat rus tilidagi versiyasi ustun yuridik kuchga ega bo'ladi. Ushbu hujjatning faqat https: //yandex.ru/legal/termsofuse manzili bo'yicha joylashgan versiyasi yuridik jihatdan majburiy bo‘lib hisoblanadi

1. Umumiy qoidalar

1.1. YANDEX MChJ (keyingi o'rinlarda "Yandex") Internet tarmog'idan foydalanuvchiga (keyingi o'rinlarda -Foydalanuvchi) uni qiziqtiradigan axborotni izlash uchun Yandex qidiruv mashinasidan foydalanishni taklif qiladi. Servisga quyidagi manzil orqali kirish mumkin: https://www.yandex.ru (keyingi o'rinlarda -"Servis")

1.2. Ushbu shartlar Yandex servislaridan Foydalanuvchi shartnomasiga Servisdan foydalanish tartibi xususidagi qo'shimcha bo'lib hisoblanadi. Ushbu shartlarda ko'zda tutilmagan barcha hollarda Yandex va Foydalanuvchi o'rtasidagi Servisdan foydalanish bilan bog'liq munosabatlar Yandex servislarining Foydalanuvchi shartnomasi (https://yandex.uz/legal/rules), shuningdek Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential) bilan tartibga solinadi.

1.3. Servisdan/ uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlar ekan Foydalanuvchi ushbu Shartlarni, shuningdek yuqorida ko'rsatilgan barcha hujjatlarning shartlarini to'liq, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi ko'rsatilgan hujjatlarning qoidalaridan biriga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishga haqli emas.

1.4. Ushbu shartlar Yandex tomonidan hech qanday maxsus xabarnomasiz o'zgartirilishi mumkin, Shartlarning yangi tahriri, agar ushbu Shartning yangi tahririda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu xatboshida ko'rsatilgan manzil bo'yicha Internetda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartlarning amaldagi tahriri doimo quyidagi manzilda joylashgan sahifada bo'ladi: https://yandex.uz/legal/termsofuse.

1.5. Agar Yandex ushbu Shartlarning 1.4-bandida nazarda tutilgan tartibda ushbu Shartlarga Foydalanuvchi rozi bo'lmagan o'zgartirishlarni kiritgan bo'lsa, foydalanuvchi Servisdan foydalanishni to'xtatishi shart.

1.6. Servisning hozirgi paytda mavjud bo'lgan barcha funksiyalari, shuningdek, ularning har qanday rivojlanishi va / yoki yangilarini qo'shish, ushbu Shartlarning mavzusi bo'lib hisoblanadi.

2. Servisdan foydalanish Servisning alohida funksiyalari

2.1. Servis Foydalanuvchiga bepul asosda taqdim etiladi va faqat shaxsiy notijorat maqsadlari uchun mo'ljallangan, ushbu Litsenziyada, ushbu Litsenziyaning 1.2-bandida ko'rsatilgan hujjatlarda, bundan mustasno, faqatgina shaxsiy notijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo'ljallangan. yoki ma'lum Yandexning alohida serviskaridan foydalanish shartlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Servisdan boshqacha yo'llar bilan va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun, Foydalanuvchi bunday foydalanishga Yandex'dan yozma rozilikni oldindan olishi kerak. Quyidagi manzilga murojaat qilinsa Foydalanuvchiga qo'shimcha ma'lumot berilishi mumkin: [email protected].

2.2. Agar Servisdan Internet tarmog'ida qidirish va / yoki navigatsiya xizmatlarini taqdim qilish uchun tijorat maqsadlarida foydalanilsa, Foydalanuvchi o'z mijoziga bu haqda xabar berishi va unga Yandex Servisiga (www.yandex.ru) havolani taqdim etishi shart. Foydalanuvchi o'zining shaxsiy yoki korporativ veb-saytida Yandexga qidiruv so'rovlarini taqdim etish uchun qidiruv shaklini Yandex.Search servisidan foydalanish shartlariga majburiy amal qilgan holda (https://yandex.ru/legal/site_termsofuse) joylashtirish huquqiga ega.

2.3. Foydalanuvchi Yandex.XML servisidan foydalanish Shartlarida (https://yandex.ru/legal/xml) bayon etilgan talablarga amal qilmasdan Servisga avtomatik tarzda so'rovlar yuborish huquqiga ega emas.

2.4. Yandex ushbu Litsenziya shartlarini buzadigan har qanday Foydalanuvchilar, veb-saytlar va dasturlardan keladigan so'rovlarga xizmat ko'rsatmaslik huquqini o'zida saqlab qoladi.

2.5. Potensial xavfli veb-saytlar haqida ogohlantirish funksiyasidan foydalanish shartlari.

2.5.1. Foydalanuvchi uchun potensial xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan sahifalarni o'z ichiga olgan veb-saytlar, masalan, zararli kodni o'z ichiga oladigan sahifalar (bundan keyin "Potensial xavfli saytlar") haqida ogohlantirish funksiyasi (bundan keyin "Funktsiya") Yandex tomonidan "bor boricha" taqdim etiladi. Potensial xavfli saytlar shuningdek saralash paytida kamaytirilishi yoki Servis bazasidan chiqarib tashlanishi mumkin. U yoki bu sayttning potentsial xavfliligi, shuningdek, bunday xavfning kutilayotgan darajasi va uning xarakteri haqidagi axborot (bundan keyin - Axborot) Yandex hamkorlari tomonidan taqdim etiladi yoki Yandex tomonidan o'z usullaridan foydalangan holda aniqlanadi. Yandex veb-saytni potentsial xavfli saytlar jumlasiga kiritishning asoslari to'g'risida hech qanday tushuntirishlar bermaydi. Yandex Funksiyaning Foydalanuvchining maqsadlari va umidlariga muvofiq bo'lishini, Funksiyaning uzluksiz va xatosiz ishlashiga kafolat bermaydi, shuningdek, Axborotning aniqligini kafolatlamaydi (xususan, xavfli deb belgilanmagan veb-saytlar zararli kodni o'z ichiga olmaydi va aksincha o'z ichiga oladi deb ham kafolat bermayd). Foydalanuvchi xavflarni mustaqil ravishda baholashi va Axborotni ishlatish bilan bog'liq bo'lgan xatti-harakatlari uchun butun javobgarlikni o'z zimmasiga olishi kerak. Yandex, ushbu Funksiyadan foydalanish yoki undan foydalana olmaslik shuningdek, Axborotdan foydalanish yoki undan foydalana olmaslik natijasida, sayt egasi, Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan bevosita yoki bilvosita hech qanday zarar uchun, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda, taqdim etilayotgan Axborotning nooaniqligidan kelib chiqqan zararlar uchun javobgar bo'lmaydi va ularning badalini qoplamaydi.

2.5.2. Funksiyaning ishlashi bilan bog'liq barcha izohlar va / yoki shikoyatlar quyidagi teskari aloqa shakli orqali yuborish kerak: https://yandex.ru/support/search/troubleshooting/feedback.html.

2.5.3. Yandex, o'z xohishiga ko'ra, sabablarini tushutirib o'tirmasdan Axborot taqdim etishni butunlay to'xtatish yoki to'xtatib turish huquqiga ega.

2.6. Qidiruv natijalarida ko'rsatiladigan saytlarga ba'zi havolalar sayt va / yoki uning xususiyatlari haqida qo'shimcha ma'lumot beruvchi maxsus belgilar bilan birga berilishi mumkin. Maxsus belgilar foydalanuvchining faoliyati bilan bog'liq ma'lumotlarga avtomatik ravishda ishlov berish asosida saytga avtomatik ravishda berilishi yoki bunday axborot manbai haqidagi tushuntirishlarni o'z ichiga olishi mumkin. Maxsus belgilar "bor boricha" shartlarda joylashtiriladi va Foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Yandex saytga maxsus belgining to'g'ri joylashtirilgani va sayt haqida qo'shimcha ma'lumotlarning to'g'riligi, shuningdek, Foydalanuvchilarning shunday belgilar asosida qabul qiladigan qarorlari uchun uchun javobgar bo'lmaydi. Maxsus belgilarning qiymatlari haqida batafsil ma'lumot quyidagi manzilda chop etilgan: https://yandex.ru/support/webmaster/search-results/tags.html.

2.7. Qidiruv natijalarida ko'rsatiladigan saytlarga va interaktiv qidirish elementlariga ayrim havolalar, aloqa shaklini chaqirish tugmasi bilan birga berilishi umkin, ularning yordamida Foydalanuvchi Yandexning hamkorlari bilan ular ko'rsatadigan xizmatlar, beradigan axborotlar, Foydalanuvchining ko'rsatmasiga bionan havola orqali saytda taklif etilgan tovarlar/xizmatlar bilan bog'liq boshqa harakatlarni bajarish borasida o'zaro bog'lanishi mumkin. Yandex Foydalanuvchi va Yandexnng hamkori o'rtasidagi munsabatlarning ishtirokchisi bo'lib hisoblanmaydi va shuning uchun ham Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan axborotga Yandexning hamkori tomonidan ishlov berilishi bilan bog'liq xatti-harakatlar uchun javobgar bo'lmaydi, shuningdek Yandexning hamkori harakatlarining sifati, aniqligi, to'g'riligi va qonuniyligini kafolatlamaydi.

Sifatni nazorat qilish maqsadida, shuningdek, qonunchilik talablarini bajarish doirasida Yandeks Xizmatning tegishli funktsiyalari orqali Foydalanuvchilar va Hamkorlar o'rtasidagi xabarlarning tarixini saqlaydi. Yandeks xabarlar tarixiga o'zaro bog'langan ishtirokchilarning iltimosiga binoan va qonun bilan belgilangan holatlarda belgilangan maqsadlarda kirishi mumkin.

Sayt yonida shaklni chaqirish tugmasining mavjudligi uning qidiruv natijalaridagi pozitsiyasiga ta'sir qilmaydi.

2.8. Yandex o'z xohishiga ko'ra, Foydalanuvchining qayd yozuvidan foydalanib, uning Servisga (yoki Servisning muayyan funksiyalariga, agar texnologik jihatdan mumkin bo'lsa) kirishini cheklash yoki ushbu Shartlar qayta-qayta buzilgan hollarda Foydalanuvchining qayd yozuvini bloklab qo'yish (agar Foydalanuvchi Servisga qayd yozuvi orqali kiradigan bo'lsa) yoki qonun hujjatlarining talablari yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga amal qilish maqsadida Foydalanuvchiga nisbatan boshqa choralarni ko'rish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3. Veb-saytlarni indekslash

3.1. Yandex uchinchi tomonlar tomonidan yaratilgan veb-sahifalarni indekslaydi. Yandex bunday sahifalarning sifati va mazmuni uchun javobgar bo'lmaydi. Indekslash Yandex qidiruv mashinasining roboti tomonidan avtomatik rejimda ma'lum algoritmlarga muvofiq amalga oshiriladi, bu veb-sayt sahifalari mazmunini (moderatsiyani) qonun hujjatlarining normalari, axloqiy va ma'naviy me'yorlarga va boshqa senzuraga muvofiqligini dastlabki yoki keyingi baholashni nazarda tutmaydi. Yandex shuningdek, Yandex tomonidan indekslangan uchinchi tomonlarning veb-saytlarida Foydalanuvchilar erkin foydalana oladigan xizmatlar ko'rsatish, tovarlar sotib olish va hokazolar haqidagi har qanday takliflarning mavjudligi / yo'qligi, mazmuni va sifati uchun, shuningdek, Foydalanuvchi bunday takliflardan foydalanishi oqibatida ko'rishi mumkin bo'lgan har qanday zarar uchun javob bermaydi.

3.2. Veb-sahifalardagi o'zgarishlar qidirish natijalarini yangilash maqsadida Yandex roboti tomonidan avtomatik rejimda (qayta indekslash amalga oshiriladi) kuzatiladi. Biroq, uchinchi shaxslarning veb-saytlarida joylashtirilgan har qanday ma'lumotlar, materiallar istalgan vaqtda u yoki bu sahifaning egasi tomonidan o'zgartirilishi mumkin. Yandex har bir veb-sayt uchun bunday o'zgarishlarni kuzatib bormaydi va ular uchun javob bermaydi.

3.3. Yandex Foydalanuvchiga uning qidiruv so'roviga javob to'la-to'kis bo'lishini va Foydalanuvchi uni qiziqtiradigan mavzuda Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha ma'lumotlarni olishini kafolatlamaydi, shuningdek Foydalanuvchining ma'lum bir talabiga binoan Sevisning qidiruv natijalarida ko'rsatilgan veb-saytlar sahifalariga havolalarning aniqligi / aktualligi uchun javobgar bo'lmaydi.

3.4. Yandex rus tilidagi va Rossiyaga yo'naltirilgan barcha veb-saytlarning sahifalarini Servis bazasiga ulaydi. Shu bilan birga, Yandex qaysi veb-saytni Servisning bazasiga kiritish va qaysisinin kiritmaslik kerakligi haqida mustaqil ravishda qaror qabul qilishga haqli.

3.5. Indekslash va qidirish jarayonining bir qismi sifatida natijalarni tartibga solish aniq belgilangan relevantlik mezonlariga muvofiq avtomatik ravishda amalga oshadi, ular Yandexsning xohishiga ko'ra qidirish sifatini yaxshilash uchun o'zgartirilishi mumkin. Yandex relevantlikni axborot qidirayotgan foydalanuvchilarning muayyan so'rovi bo'yicha qidiruv natijalarining foydalanuvchilarning manfaatlariga eng yaxshi mosligi sifatida tushunadi, bu odatda sayt egalari yoki alohida Foydalanuvchilarning manfaatlariga mos kelmasligi mumkin.

3.6. Yandex Servisning qidiruv natijalarida veb-saytlarning pozitsiyalarini foydalanuvchining hech qanday so'rovlari (kalit so'zlar) bo'yicha manipulatsiya qilmaydi, bunday pozitsiyalarni hech qachon va hech kimga sotmaydi va Foydalanuvchining ma'lum bir so'rovi bo'yicha u yoki bu veb-sayt pozitsiyasining qidiruv natijalarida doim bir xil bo'lishiga kafolat bermaydi.

3.7. "Qidiruv spami" - Servis qidiruv tizimini aldash va u yoki bu veb-saytning pozitsiyasini qidiruv natijalarida o'zgartirish maqsadida uning natijalarini manipulatsiya qilishga urininshlardir. "Qidiruv spami" dan foydalanadigan veb-saytlar, ularni to'g'ri saralashning imkonsizligi sababli ular saralash paytida pasaytirilishi yoki Servisning bazasidan chiqarib tashlanishi mumkin.

3.8. Yandex veb-saytlarni Servisning bazasidan chiqarib tashlanishi va / yoki ularning pozitsiyasi o'zgartirilgani haqida hech qanday izoh bermaydi, bunday harakatlar to'g'risida xabar bermaydi va ularni Servis bazasiga qayta kiritishga / ularning pozitsiyasini o'zgartirishga hech qanday kafolat va muddatlar bermaydi.

3.9. Yandex shuningdek, veb-saytni Servisning bazasidan chiqarib yuborilishiga va / yoki uning pozitsiyasini o'zgartirishga olib kelishi mumkin bo'lgan "qidiruv spami" uslublarining to'liq ro'yxati haqida xabar bermaslikka haqlidir. To'liqroq ma'lumotni quyidagi hujjatda topishingiz mumkin: "Yandex nuqtai nazaridan sifatli veb-sayt sifatsizidan nimasi bilan farq qiladi?" (https://yandex.ru/support/webmaster/yandex-indexing/webmaster-advice.html)

4. Axborotning maxfiyligi va xususiyligi

4.1. Foydalanuvchi Servisdan foydalanayotgan paytda Yandex Foydalanuvchi haqida olishi mumkin bo'lgan butun axborot xususida Foydalanuvchi va Yandex orasidagi o'zaro munasabatlar Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential) bilan tartibga solinadi.

4.2. Yandex Internet tarmog'ida ommaga ochiq bo'lgan veb-saytlar sahifalarini - login va maxfiy so'zsiz havola orqali kirsa bo'ladigan, va tegishli veb-saytning robots.txt da indekslash taqiqlanmagan veb-saytlar sahifalarini indekslaydi (to'liq axborotni quyidagi hujjatda topish mumkin): https://yandex.ru/support/webmaster/controlling-robot/robots-txt.xml). Shu ma'noda ochiq deb hisoblanadigan veb-saytlar sahifalarining Servis bazasida bor yoki yo'qligi haqdagi shikoyatlar qabul qilinmaydi.

5. Interaktiv qidirish elementlari

5.1. Yandex qidiruv natijalarini o'z ichiga olgan sahifada interaktiv qidirish elementlarini quyida tasvirlangan shakllardan birida yoki bir vaqtning o'zida bir nechta shaklda joylashishi mumkin:

5.1.1. Chiqarib tashlangan

5.1.2. Natijaning mazmuni bilan tanishgan yoki tanishmagan bo'lishidan qat'i nazar Yandex Foydalanuvchiga tanishib chiqishni taklif qiladigan ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi axborot boklari Ushbu axborot bloklari sadjest (qidiruv so'rovini kiritish satrida foydalanuvchining qidiruv so'roviga tezda javob berish) ko'rinishida, yoki sahifaning qidiruv natijalari bilan band bo'lmagan istalgan qismidagi blok ko'rinishida, yoki ushbu bandda belgilangan qoidalarni hisobga olgan holda boshqa usulda taqdim etilishi mumkin. Bunday bloklar Yandex tomonidan yaratiladi va joylashtiriladi hamda qidiruv natijalarining bir qismi bo'lib hisoblanmaydi. Natijani o'z ichiga oluvchi saytda bunday bloklarning joylashtirish bunday bloklarni natijadan alohidalash bilan amalga oshiriladi: bunday blok va natijaning dizaynidagi farqlar yordamida va /yoki blokni natijadan tashqarida joylashtirish yordamida, yoki boshqa vositalar bilan.

5.2. Interaktiv qidirish elementlari inson ishtirokisiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan qidirish algoritmlarining ishiga ta'sir qilmaydi va qidiruv natijalarini saralashda uchinchi shaxslarning saytlariga qandaydir ustunlik va afzalliklar taqdin etish quroli sifatida tasniflanishi mumkin emas.

 

Chop etilgan sana: 14.02.2019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/termsofuse/09112018