Ismoil Badruddin I
Said Ismoil Badruddin | |
---|---|
اسمعيل بَدرالدين | |
Unvoni |
|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1582 (hijriy 990) |
Vafoti | milodiy 1676 (hijriy 1085) |
Jamnagar, Hindiston | |
Dini | Islom |
Turmush oʻrtoq(lar)i | Budi Bai |
Farzandlari | |
Ota-onasi |
|
Diniy oqimi |
Ismoiliy Dovudi Bohra |
Yurisprudensiya |
Said Ismoil Badruddin (I) bin Mavlono Raj (hijriy 1085-yil Jumodissoni oyining 23-sanasi / milodiy 1676-yilda Hindistonning Jamnagar shahrida vafot etgan) Dovudiy Bohralarning 34-Daʼi al-Mutlaqi lavozimida faoliyat yuritgan. U 33-daʼi Firxon Shujauddindan keyin bu diniy lavozimga tayinlangan. Said Ismoil hijriy 1085 / milodiy 1657-yilda Daʼi al-Mutlaq boʻlgan[1]. Uning Daʼvat davri hijriy 1065–1085 /milodiy 1657–1676-yillar oraligʻiga toʻgʻri keladi[2][3]. U Mavlono Bharmalning birinchi daʼi avlodi hisoblanadi.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Badruddinning otasi Mavlono Roj uni oʻn ikki yoshga toʻlganida, Ahmadobodga 27-daʼi Dovud bin Qutubshoh huzuriga olib boradi. Dovud Mavlono Rajdan bola haqida soʻraydi va Mavlono Raj bu uning beshinchi oʻgʻli ekanligini aytadi. Dovud Mavlono Rajga :"Sen vijdonan menga molingning beshdan bir qismini taklif qilding, lekin hali oʻgʻillaringning beshdan bir qismini menga taklif qilmading" – deb aytadi. Mavlono Raj bu iltimosdan xursand boʻlib, yosh Ismoilni Dovudga (Xumus) topshiradi. Dovud Ismoilning taʼlimi bilan shaxsan oʻzi shugʻullanadi. Koʻp yillar oʻtgach, Ismoil avvaliga sakkiz oy Ahmadobodda yashaydi va keyingi toʻrt oyda Jamnagarga qaytib keladi[ iqtibos kerak ]
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavlono Raj Ismoilni Budi Bay ismli taqvodor ayolga nikohlagan. U Ismoil Badruddinning oʻgʻli va vorisi Said Abdutoyyib Zakiyiddin II ni dunyoga keltirgan[ iqtibos kerak ].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Badruddin daʼi boʻlganida yetmish besh yoshda boʻlgan. Yoshi katta boʻlishiga qaramay, u 20 yil rahbarlik qilgan[ iqtibos kerak ].
Badruddin daʼi boʻlgach, Jamnagarda yangi va ancha tartibga solingan taʼlim muassasasini barpo etadi. Badruddinning oʻzi bu yerda tahsil olgan shogirdlariga koʻplab daʼvat kitoblaridan taʼlim bergan. Oʻttizga yaqin talaba Badruddindan toʻliq taʼlim olgan[ iqtibos kerak ].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Ismoil Badruddin hijriy 1085-yil Jumadul-oxir oyining 23-kuni / milodiy 1674-yil toʻqson besh yoshida vafot etgan. Jamnagardagi Mozori Badrida Said Ismoil Badruddin dafn etilgan muqaddas maqbara joylashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
- ↑ [1]; 34-dai-al-mutlaq-said-ismoil-badruddin
- ↑ [2]; Ismoil Badruddin maqbarasi