Dovud bin Qutubshoh
Said Dovud bin Qutubshoh Burhonuddin Dovoudiy Bohraning 27-chi Daʼi al-Mutlaqi | |
---|---|
داؤد بن قطب شاه بُرهان الدين | |
Ahmadobaddagi Said Dovud bin Qutubshoh qabri. | |
Unvoni |
|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 23 Rabi-Ul-avval 946 /8-avgust 1539 |
Vafoti |
15 Jumadul oxir 1021 /milodiy 1612 |
Ahmadobad, Hindiston | |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Diniy oqimi |
Ismoiliylik Dovudi Bohra |
Yurisprudensiya |
Said Dovud bin Qutubshoh[1] (23 rabi-ul-avval 946 /8-avgust 1539-yilda tugʻilgan; 15 Jumadil-oxir 1021 / milodiy 1612-yil vafot etgan, Ahmadobod, Hindiston) Mustaʼliy Islomining Dovudiy Bohra firqasida 27-chi Daʼi al-Mutlaq (Mutlaq daʼvatchi) lavozimida faoliyat yuritgan. U 26-daʼi Said Dovud Bin Ajabshohdan keyin bu diniy lavozimga tayinlangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Dovud 1539-yilda tugʻilgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning otasi Qutubshoh bin Xoʻja bin Ali, onasi esa Eyjal Gʻoriy baisohiba binti Ali Javhariy edi. Onasi Qur’oni Karimni toʻliq yod olgan. Said Dovud dastlab Havvo Oyi Sohiba binti Muhammad bin Ali bilan oila qurgan, biroq u oradan koʻp vaqt oʻtmay vafot etgan. Shundan soʻng, Said Dovud Roniy Oyi Sohiba binti Ali bhoy bin Jiva bhoy bilan nikohdan oʻtadi. Bu nikohdan uch oʻgʻil farzand koʻradilar: Said Abdutoyyib Zokiyuddin I, Said Qutubxon Qutubuddin, Miyoxon-ji va bir qiz farzand Habiba. Roniy Oyi Sohibaning vafotidan soʻng, Said Dovud Vazira Oyi Sohiba binti Miyo Adam bilan oila quradi, ammo u ham qisqa muddat ichida olamdan oʻtgan. Undan keyin Said Dovud Shoha Oyi Sohiba binti Miyo Xon bilan nikohlanadi. Bu nikohdan bir qiz farzand Omatulloh baisohiba va bir oʻgʻil farzand Miyo Muhammad dunyoga keladi.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Dovudning ilk taʼlimni Shoh-ji bin Miyo Shamʼun ibn Jaʼfar qoʻli ostida olgan. 10 yoshida u Qur’onni yod olgan. Said 21 yoshida haj ziyoratini ado etib, soʻng Yamanga joʻnagan. U yerda toʻrt yil davomida Said Yusuf Najmuddin I huzurida taʼlim olgan. Keyin u Hindistonga qaytib kelgan.
Diniy lavozimdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Dovud ibn Qutubshoh hijriy 999-yil[2] (milodiy 1591) Daʼi al-Mutlaq lavzimiga tayinlanadi. Uning Davat davri hijriy 999-yildan 1021-yilgacha (milodiy 1591–1612) davom etgan.
26-Daʼi Said Dovud Bin Ajabshoh vafot etganida Sulaymon bin Hasan Yamanda edi. U Qutubshohga hamdardlik maktubini yuboradi, bu uning Said Dovudni haqli daʼi va avvalgi daʼining voris deb tan olishining isboti edi.
Hijriy 1005-yilda Said Dovud ibn Qutubshohni imperator Akbar saroyga chaqiradi. Said toʻrt yil yolgʻizlikda yashagan, lekin bu davrda unga imperatorning tuhfalari va xabari yetkazib turilgan. Said Lahorga etib kelganida, imperator Kashmirda edi. Uni Kashmir saroyiga olib borishadi. Imperator uni qabul qiladi va Saidning soʻzlaridan taʼsirlanadii. U shoh Farmoni bilan imperator himoyasi ostida Ahmadobodga qaytib keladi. Ahmadoboddagi amaldorlarga buyuk ilmi, fazilati va taqvosi tufayli unga har tomonlama eʼtibor koʻrsatish va qayerga borsa, hurmat bilan kutib olishlari buyuriladi[3].
Vorisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Dovud ibn Qutubshoh shayx Adam Safiyuddinni navbatdagi Daʼi al Mutlaq etib tayinlaydi.
Maqbara
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Muhammad Burhoniddin 1996-yilda yangi maqbara bunyod ettiradi. Unda Fotimiy yodgorliklarining koʻplab xususiyatlari takrorlangan. Old eshikning jabhasi va burchak dizaynlari Aqmar masjidi va Raudat Taheradan namuna olingan holda ishlangan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
27-daʼi Said Dovud bin Qutubshoh qabri
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ List of Syednas (Wayback Machine saytida July 16, 2012, sanasida arxivlangan)
- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
- ↑ „History of Duat Mutlakin's of Ahmedabad“ (2001-yil 10-fevral). 2001-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Daftariy, Farhod, Ismoiliylar, ularning tarixi va taʼlimoti (Mustaliy ismoiliylik bobi, 300-310)
- Bacharach, Joseph W. Meri, Oʻrta asr islom sivilizatsiyasi
- Ahmadobodning Duat Mutlaqinlari