Kontent qismiga oʻtish

Batareya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Batareya (frans. batterie, battre — urmoq) — artilleriya qismlari va harbiy kemalarda 2 — 4 yoki undan koʻproq toʻplardan iborat artilleriyaning birinchi oʻt ochuvchi va taktik boʻlinmasi. Ikkita oʻt ochuvchi va bitta boshqarish vzvodidan iborat. Polk (divizion) tarkibida yoki alohida boʻlishi mumkin. B. yopiq va ochiq pozitsiyadan oʻt ocha oladi. Artilleriyada toʻp, gaubitsa, minomyot, havoga otadigan, tanklarga qarshi hujumda boshqariladigan reaktiv snaryadlar B.si boʻladi. Optik razvedka, meteorologiya, suratga olish, topografiya, radiotexnika, projektor va boshqa B.lar ham boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil