C++
Logotip C++ standartlari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan | |
Paradigmalari | Koʻp paradigmali: protsessual, imperativ, funksional, obyektga yoʻnaltirilgan, umumlashtirilgan, modulli |
---|---|
Oilasi | C |
Muallifi | Bjarne Stroustrup |
Tuzilgan yili | 1985 |
Operatsion tizim | Kross-platformali |
Fayl kengaytmalari | .C, .cc, .cpp, .cxx, .c++, .h, .H, .hh, .hpp, .hxx, .h++ .cppm, .ixx[1] |
Vebsayt | isocpp.org |
Bunga asos boʻlgan tillar | |
Ada, ALGOL 68 [2] BCPL [3], C, CLU [2], F# [4], ML, Mesa [2] Modula-2 [2], Simula, Smalltalk [2] | |
Buning asosida tuzilgan tillar | |
Ada 95, C# [5], C99, Carbon, Chapel [6], Clojure [7], D, Java [8], JS++ [9], Lua [10], Nim [11], Objective-C++, Perl, PHP, Python [12], Rust [13], Seed7 |
C++ – C tiliga asoslangan dasturlash tili boʻlib, C ham oʻz navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967-yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun moʻljallangan edi.
Ken Thompson oʻzining B tilida BCPL ning koʻp hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion tizimining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til boʻlgan. Yani oʻzgaruvchilarning maʼlum bir tili boʻlmagan – har bir oʻzgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. Oʻzgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi boʻlgan.
C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972-yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qoʻlladi. C oʻzidan oldingi B va BCPL tillarining juda koʻp muhim tomonlarini oʻz ichiga olish bilan bir qatorda oʻzgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bogʻlangan tildir. Lekin yashi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa boʻladi.
1983-yilda, C tili keng tarqalgani sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989-yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo boʻyicha keng tarqatish maqsadida 1990-yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi oʻzgarishlar yoki umuman oʻzgarishlarsiz juda koʻp kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++ 1980-yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda koʻp qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan, lekin eng asosiysi u obyektlar bilan dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni taʼminlash uchun ob’ektli dasturlash gʻoyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob’ektlar orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++ dan tashqari boshqa koʻp ob’ektli dasturlshga yoʻnaltirilgan tillar paydo boʻldi. Shulardan eng koʻzga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob’ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga oʻhshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob’ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob’ektli dasturlash falsafasi paydo boʻlganiga ham yigirma yildan oshayapti.
C++ funksiya va ob’ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni oʻrganish ikki qismga boʻlinadi. Birinchisi bu C++ ni oʻzini oʻrganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob’ekt/funksiyalarni qoʻllashni oʻrganishdir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Overview of modules in C++“. Microsoft (2023-yil 24-aprel).
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Stroustrup, Bjarne „A history of C++: 1979-1991“, . History of programming languages---II. ACM, 1996 — 699–769-bet. DOI:10.1145/234286.1057836.
- ↑ Stroustrup, Bjarne „C++20: Reaching for the Aims of C++ - Bjarne Stroustrup - CppCon 2021“. CppCon (2021-yil 16-dekabr). 2021-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
- ↑ Stroustrup, Bjarne (2020-06-12). "Thriving in a crowded and changing world: C++ 2006–2020". Proceedings of the ACM on Programming Languages (Association for Computing Machinery (ACM)) 4 (HOPL): 1–168. doi:10.1145/3386320. ISSN 2475-1421.
- ↑ Naugler, David (May 2007). "C# 2.0 for C++ and Java programmer: conference workshop". Journal of Computing Sciences in Colleges 22 (5). "Although C# has been strongly influenced by Java it has also been strongly influenced by C++ and is best viewed as a descendant of both C++ and Java."
- ↑ „Chapel spec (Acknowledgements)“. Cray Inc (2015-yil 1-oktyabr). 2018-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-yanvar.
- ↑ Fogus, Michael „Rich Hickey Q&A“. Code Quarterly. 2017-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
- ↑ Harry. H. Chaudhary. „Cracking The Java Programming Interview :: 2000+ Java Interview Que/Ans“ (2014-yil 28-iyul). 2021-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-may.
- ↑ Roger Poon. „Scaling JS++: Abstraction, Performance, and Readability“ (2017-yil 1-may). 2020-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
- ↑ „The evolution of an extension language: a history of Lua“. www.lua.org. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
- ↑ „FAQ Nim Programming Language“. 2017-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
- ↑ „9. Classes — Python 3.6.4 documentation“. docs.python.org. 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-yanvar.
- ↑ „Influences - The Rust Reference“. doc.rust-lang.org. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |