Kontent qismiga oʻtish

Gʻurur va kibr (2005)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gʻurur va kibr (film, 2005)dan yoʻnaltirildi)
Gʻurur va kibr
Pride & Prejudice

Film posteri
Rejissyor(lar) Joe Wright
Prodyuser(lar)
  • Tim Bevan
  • Eric Fellner
  • Paul Webster
Ssenariynavis(lar) Deborah Moggach
Qaysi asarga
asoslangan
Andisha va gʻurur
Jane Austen
Rollarda
Bastakor(lar) Dario Marianelli
Kinematografiya Roman Osin
Muharrir(lar) Paul Tothill
Studiya(lar)
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 127 daqiqa[2]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjeti $28 million[3]
Daromadi $121,6 million[4]

Gʻurur va kibr (inglizcha: Pride & Prejudice) 2005-yilda Joe Wright tomonidan suratga olingan AQSh romantik filmidir. Film gʻoyasi Jane Austenning 1813-yilda yozilgan Andisha va gʻurur nomli romaniga asoslangan. Film produserlari — Tim Bevan, Eric Fellner va Paul Webster. Ssenariy muallifi — Deborah Moggach. Filmda bosh rollarni Keira Knightley, Matthew Macfadyen, Brenda Blethyn, Donald Sutherland, Tom Hollander, Rosamund Pike, Jena Malone va Judi Dench ijro etgan.

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

XVIII asrning oxirida janob Bennet, Bennet xonim va ularning qizlari — Jane, Elizabeth, Mary, Kitty va Lydia Angliyadagi qishloqlardan birida yashaydilar. Kunlarning birida Charles Bingley ismli badavlat kishi Bennetlar oilasi yashaydigan qishloqqa koʻchib kelganida, Bennet xonim xursand boʻladi. Sababi u qizlariga munosib yor topilishi istardi. Qishloqda ball oʻtkazilganda, Bingley, singlisi — Caroline va oshnasi — janob Darcy mahalliy aholi bilan tanishib oladi. Tanishuv davomida Bingley va Jane bir-birlarini yoqtirib qoladi, biroq Elizabethga Darcy manzur kelmaydi.

  1. „Pride & Prejudice (2005)“. AFI Catalog of Feature Films. 23-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-fevral.
  2. Pride & Prejudice (U)“. United International Pictures. British Board of Film Classification (25-iyul 2005-yil). 4-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-oktabr 2013-yil.
  3. The Numbers.
  4. Box Office Mojo Profile.