Kontent qismiga oʻtish

Shamshuddin bin Hasan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Said

Jalal Shamsuddin

جلال شمس الدّين

Said Jalol maqbarasi Ahmadobod, Hindiston
Unvoni
  • Said
  • Mavlono
  • Daʼi al-Mutlaq
  • Da'ʼi al-Fotimiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 16 Rabi-ul-oxir 975 /milodiy 1568
Dini Islom
Ota-onasi
  • Hasan (otasi)
Diniy oqimi Ismoiliylar
Dovudi Bohra
Yurisprudensiya

Said Jalol Shamsuddin bin Hasan[1][2][3] (16 rabi-ul-axir hijriy 975-yil / milodiy 1568-yilda, Hindistonning Gujarot shtatidagi Ahmadobod shahrida vafot etgan) islom dinining Mustaʼliy ismoiliy Dovudi Bohra boʻlimining yigirma beshinchi Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat yuritgan. U Davat qilish hududlari Yamandan Hindistonga koʻchirilgandan keyin Hindistondagi birinchi ismoiliy daʼi boʻlgan. U 24-daʼi Said Yusuf Najmuddin ibn Sulaymondan keyin bu diniy lavozimni egallagan.

Said Jalol boshlangʻich taʼlimni Mavlono Qosim bin Mavlono Hasandan olgan. Keyin u 23 va 24-daʼilardan ilm olish uchun Yamanga sayohat qiladi va Said Hasan bin Nuhdan tahsil oladi. Said Jalol oʻz shahri Ahmadobodga qaytib kelgach, barcha izdoshlari yigʻilishi uchun inshoot qurish maqsadida oʻzining shaxsiy mablagʻlari evaziga Saranpurdan (Ahmadobod shahri chekkasi) yer sotib oladi. U qurilish xarajatlarini qoplash uchun barcha jamgʻarmalarini turli korxonalardan yigʻadi, ammo mablagʻlar yetarli boʻlmaydi, oʻzining shaxsiy mablagʻlari bu xarajatlarning faqat yarmini qoplagan. U Hindistondagi ishlar uchun mas’ul boʻlgan va gʻaznadagi mablagʻlardan foydalanish imkoniyatiga ega edi. Shayx Mujaalning oʻgʻli Maamji toʻxtab qolgan ish haqida bilib, loyihani yakunlash uchun boshqarish va moliyalashtirish ishlarini oʻz zimmasiga olguncha qurilish yarim oyga toʻxtatiladi.

Said Jalol hijriy 974[4] / milodiy 1567-yilda Daʼi al-mutlaq boʻldi. Uning daʼvat davri hijriy 974-975/ milodiy 1567-1568-yillar oraligʻida davom etgan. Daʼi sifatida tayinlanishidan oldin u Hindistondagi oxirgi Valiy ul-Hind boʻlgan. Said Jalol Shamshuddin Said Dovud ibn Ajabshohni oʻziga oʻrinbosar va voris etib tayinlagan yoki nass bergan[5].

Ahmadobod maqbarasidagi Said Jalolning qabri

Said Jalolning 4 oylik vakolat muddati Hindiston Daʼilari orasida eng qisqasi hisoblanadi. 1981-yilda Said Muhammad Burhoniddin Said Jalol qabriga marmar maqbara qurdirgan. Maqbara oynalaridagi marmar naqshlari Qohiradagi Aqmar masjididan nusxa olib chizilgan.

  1. [1]; The Ismaʼilis: Their History and Doctrines, By Farhad Daftary, 1992 – History, p.303
  2. [2]; Mullahs on the Mainframe: Islam and Modernity Among the Daudi Bohras, By Jonah Blank; p.41
  3. List of Syednas (Wayback Machine saytida July 16, 2012, sanasida arxivlangan)
  4. „Archived copy“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  5. „Reflections: Majlis 3 – Ashara Mubaraka 1442 H“ (en-US). Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  • Daftary, Farhad, The Ismaili, Their History and Doctrine(Chapter -Mustalian Ismailism-p. 300-310)
  • Lathan, Young, Religion, Learning and Science
  • Bacharach, Joseph W. Meri, Medieval Islamic Civilisation


Shialik unvonlari
Shamshuddin bin Hasan
 Vafoti: 16 Rabi-ul-oxir 975 /milodiy 1568-yil, Ahmadobod
Oʻtmishdoshi:
Yusuf Najmuddin ibn Sulayman
Yigirma beshinchi Dāʼī al-Mutlaq
: hijriy 975–999 / milodiy 1568–1591
Vorisi:
Dovud bin Ajabshoh